Ozarbayjon bosh vaziri Navro‘z Mamedov o'z vazifasidan iste'fo etdi

“Bosh vazir Navro‘z Mamedov Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevga o‘z xohishi bilan iste'foga chiqish to‘g‘risidagi arizasini taqdim etdi”,-deb e’lon qilgan Milliy Majlis raisi.

1284020
Ozarbayjon bosh vaziri Navro‘z Mamedov o'z vazifasidan iste'fo etdi

 

 

Ozarbayjon bosh vaziri Navro‘z Mamedov iste'foga chiqdi. Uning o’rniga Ali Asadov bosh vazir etib tayinlandi.

Bu haqda Ozarbayjon Milliy Majlisidagi yig’ilishda ma’lum qilindi.

Milliy Majlis raisi Oktay Asadov bosh vazir Navro‘z Mamedovning prezident Ilhom Aliyevga o’z iste’fosini taqdim etganligini ma’lum qildi.

“Bosh vazir Navro‘z Mamedov Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevga o‘z xohishi bilan iste'foga chiqish to‘g‘risidagi arizasini taqdim etdi”,-deb e’lon qilgan Milliy Majlis raisi.

Navro‘z Mamedovning iste’fosini qabul qilgan prezident Ilhom Aliyev prezidentning iqtisodiy masalalar bo‘yicha o’rinbosari Ali Asadovni mamlakat bosh vaziri etib tayinlashni taklif qildi.

Ali Asadov parlamentda bir ovozdan Ozarbayjonning yangi bosh vaziri etib tayinlandi.

Asadov parlamentda ovoz berish jarayonidan so’ng, o’ziga katta ishonch bildirilgani uchun minnatdorlik bildirdi.

1956 yil 30 noyabrda Nahchivanda tug’ilgan Asadov 1978 yili Moskva Xalq iqtisodiyoti institutini bitirgan. U Sovet davrida Ozarbayjon Milliy ilmlar akademiyasida turli yuqori lavozimlarda mehnat qilgan.

Mustaqillikdan so’ng, 1995 yili deputat bo’lgan Asadov 1998 yili prezidentning iqtisodiy masalalar bo‘yicha o’rinbosari etib tayinlangandi.

Asadov ayni paytda 2012 yildan buyon prezidentlik bosh kotib o’rinbosari lavozimida ham ishlab kelayotgandi.



Aloqador xabarlar