Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Bakuda Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi

Erdo’g’an Shavkat Mirziyoyevni O’zbekistonning Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga qo‘shilgani munosabati bilan samimiy tabrikladi.

1288267
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Bakuda Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an bugun Baku shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi.

Uchrashuv chog’ida, davlat rahbarlari bir-birini samimiy qutlab, Turkiya-O’zbekiston o’rtasidagi do’stlik, ko’p qirrali hamkorlik va strategik sheriklik munosabatlari mustahkamlanib borayotganini alohida mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Turkiya prezidenti Erdo’g’an Shavkat Mirziyoyevni O’zbekistonning Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga qo‘shilgani munosabati bilan samimiy tabriklab, bu qaror ikki tomonlama aloqalar va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga katta hissa qo’shishini ta’kidladi.

Uchrashuvda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li, sanoat va texnologiyalar vaziri Mustafo Varank hamda savdo vaziri Ruhsor Pekjon ham ishtirok etdi.

Yetakchilar xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar, shuningdek, kelgusidagi oliy darajali tadbirlar rejasini ko’rib chiqdilar.

 



Aloqador xabarlar