Tojikiston-O‘zbekiston chegarasida qurolli hujum sodir etildi

Ma’lumotga ko’ra, bu voqea 6 noyabr chorshanba kuniga o‘tar kechasi mahalliy vaqt bilan soat 03:23da sodir bo‘lgan bo'lib, unda tojik millatiga mansub chegara qo‘shinlari askari va bir tojik militsioner halok bo‘lgan.

1301225
Tojikiston-O‘zbekiston chegarasida qurolli hujum sodir etildi

 

Tojikiston-O‘zbekiston chegara zonasida joylashgan chegara nazorat postiga 20 kishidan iborat qurolli guruh tomonidan hujum sodir etildi.

Hujumda tojik millatiga mansub chegara qo‘shinlari askari va bir tojik militsioner halok bo‘lgan.

Bu haqda Tojikiston Milliy chegara qo‘shinlari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, bu voqea 6 noyabr chorshanba kuniga o‘tar kechasi mahalliy vaqt bilan soat 03:23da sodir bo‘lgan.

“Shu yilning 6 noyabriga o‘tar kechasi mahalliy vaqt bilan soat 03:23da niqob kiygan 20 nafar kimligi noma'lum shaxs o‘qotar qurollardan foydalanib, “Sultonobod” chegara zonasining Ishkoboddagi 4-sonli chegara nazorat postiga hujum qildi”, - deyiladi xabarda. 

Otishmalar natijasida qurshab olingan qurolli jinoiy guruhning 15 nafar a'zosi yo‘q qilingan, 5 nafari tiriklayin qo‘lga olingan.

Voqea joyida tezkor tergov-surishtiruv ishlari davom etmoqda. 

O‘zbekiston hukumati rasmiylari ushbu holat yuzasidan hozircha rasmiy ma'lumot bermadi.

 



Aloqador xabarlar