Qozog’iston va Turkiya o’rtasida imzolangan harbiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi

Hujjat Qozog‘iston va Turkiya o‘rtasidagi tenglik va o‘zaro manfaat tamoyillariga asoslangan uzoq muddatli harbiy hamkorlikni yanada rivojlantirishni ko‘zda tutadi.

1317961
Qozog’iston va Turkiya o’rtasida imzolangan harbiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi

 

Qozog’iston senati (parlamentning yuqori palatasi) Qozog’iston va Turkiya hukumati o’rtasida imzolangan harbiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi.

Senatda mudofaa vazirligi rasmiylari ishtirokida o’tkazilgan majlisda Qozog’iston va Turkiya hukumatlari o‘rtasida imzolangan harbiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitim ko’rib chiqildi.

Eslatish joizki, ushbu bitim 2018 yil sentyabr oyida Ankarada imzolangan. Hujjat Qozog‘iston va Turkiya o‘rtasidagi tenglik va o‘zaro manfaat tamoyillariga asoslangan uzoq muddatli harbiy hamkorlikni yanada rivojlantirishni ko‘zda tutadi.

Qozog‘iston mudofaa vazirining o‘rinbosari Timur Dandiboevning ta’kidlashicha, ushbu bitim o’tgan yili sentyabr oyida Ankarada imzolangan bo’lib, maqsad Qozog‘istonning harbiy sohadagi imkoniyatlarini kengaytirish va ikki davlat o‘rtasidagi harbiy hamkorlikni rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishdir.

Shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi harbiy hamkorlik kartografiya, gidrografiya, harbiy mulkni havo hududi orqali tranzit qilish va tibbiy yordam kabi sohalarni ham qamrab oladi.

Bitim Qozog’iziston va Turkiya o’rtasida harbiy hamkorlik va harbiy tayyorgarlik, ta’lim, qo‘shma mashg’ulotlar, mudofaa sanoati, tinchlikparvar amaliyotlar, harbiy, ilmiy-texnik tadqiqotlar va boshqa qator sohalarni o‘z ichiga oladi.

Hamkorlikni amalga oshirish uchun tomonlar yillik hamkorlik rejalarini ishlab chiqadi.

Senat majlisida tasdiqlangan hujjat Qozog’iston Respublikasi prezidentiga taqdim etildi.

 

 



Aloqador xabarlar