Turkiya Oliy majlis rahbari Binali Yildirim Qirg’izistonga tashrif buyurdi

Binali Yildirim poytaxt Bishkekdagi Xalqaro Manas aeroportida tantanali marosim bilan kutib olindi.

1101661
Turkiya Oliy majlis rahbari Binali Yildirim Qirg’izistonga tashrif buyurdi

Turkiya Oliy majlis rahbari Binali Yildirim Xitoy ziyoratini yakunlab, Qirg’izistonga safar qildi.

Binali Yildirim poytaxt Bishkekdagi Xalqaro Manas aeroportida tantanali marosim bilan kutib olindi.

Oliy martabali mehmonni aeroportda Qirg’iziston parlament rahbari o’rinbosari Mirlan Bakirov, Qirg’iziston parlamenti Turkiya do’stlik guruhi rahbari Almazbek Batirbekov, tashqi ishlar vaziri o’rinbosari Nurlan Abdurahmonov va Turkiyaning Qirg’izistondagi favqulodda va muhtor elchisi Chingiz Komil Firat kutib oldi.

Kutib olish marosimida milliy liboslar kiygan qirg’iz yoshlar Binali Yildirim va turmush o’rtog’i Semiha Yildirimga non va qaymoq tortiq qildi.

Turkiya Oliy majlis rahbari Binali Yildirim tashrifi chog’ida, Qirg’iziston parlamenti rahbari Dostonbek Jumabekov va bosh vazir Muhammadkaliy Abulg’oziyev bilan uchrashadi.

Shu bilan birga, Bishkekdagi Turkiya elchixonasida turklar va mesxeti turklari bilan uchrashuv o’tkaziladi.



Aloqador xabarlar