Binali Yildirim qirg’iz yozuvchi Chingiz Aytmatovning qabrini ziyorat qildi

Turkiya Oliy majlis raisi Binali Yildirim Ota-Bayt yodgorlik majmuasida Stalin davrida qatl etilgan qirg’iz ziyolilari va Aytmatov qabriga gulchambar qo’ydi.

1102220
Binali Yildirim qirg’iz yozuvchi Chingiz Aytmatovning qabrini ziyorat qildi

Turkiya Oliy majlis raisi Binali Yildirim Qirg’izistonga tashrifi chog’ida taniqli qirg’iz yozuvchi Chingiz Aytmatovning qabrini ziyorat qildi.

Binali Yildirim Ota-Bayt yodgorlik majmuasida Stalin davrida qatl etilgan qirg’iz ziyolilari va Aytmatov qabriga gulchambar qo’ydi.

Chingiz Aytmatovning qabri boshida qur’on tilovat qilindi, duolar o’qildi.

Qabr ziyoratida Turkiya Oliy majlis raisi Binali Yildirimga Qirg’iziston parlamenti rahbari o’rinbosari Mirlan Bakirov, Turkiya Oliy majlis raisi rahbari o’rinbosari Jalol Adan, Turkiya-Qirg’iziston parlamentlararo do’stlik guruhi rahbari Sabri O’zturk, Adolat va taraqqiyot partiyasi deputati Ahmad Arslon, Jumhuriyat xalq partiyasi deputati Gamze Toshjiyer, Yaxshi partiya deputati Bedri Yashar va boshqa qirg’iz rasmiylar hamrohlik qildi.

Bosh vazir Muhammadkaliy Abulg’oziyev bilan uchrashgan Binali Yildirim Qirg’iziston bosh vaziridan mamlakatdagi Fathulloh Gulen jamoati maktablarining yopilishini talab qildi.

Shuningdek, Binali Yildirim Bishkekdagi Turkiya elchixonasida Qirg’izistonda yashagan turklar va mesxeti turklari bilan uchrashuv o’tkazdi.

 

 



Aloqador xabarlar