Turkiya-Ozarbayjon o’rtasida qishloq-xo’jaligi sug’urtalari bo’yicha hamkorlik protokoli imzolandi

Turkiya qishloq-xo’jaligi va o’rmon vaziri Bekir Pakdemirli poytaxt Bakuda Ozarbayjon qishloq-xo’jaligi vaziri Inom Karimov bilan uchrashdi.

1104051
Turkiya-Ozarbayjon o’rtasida qishloq-xo’jaligi sug’urtalari bo’yicha hamkorlik protokoli imzolandi

 

Turkiya va Ozarbayjon o’rtasida qishloq-xo’jaligi sug’urtalari bo’yicha hamkorlik protokoli imzolandi.

Turkiya qishloq-xo’jaligi va o’rmon vaziri Bekir Pakdemirli poytaxt Bakuda Ozarbayjon qishloq-xo’jaligi vaziri Inom Karimov bilan uchrashdi.

Bo’lib o’tgan uchrashuvda ikki davlat o’rtasida qishloq-xo’jalik sohasidagi hamkorlikning bugungi holati ko’zdan kechirildi, buni yanada rivojlantirish bo’yicha fikr almashildi.

Uchrashuvdan so’ng, yetakchilar Inom Karimov va Bekir Pakdemirli “Qishloq-xo’jaligi sug’urtalari bo’yicha hamkorlik protokoli”ga imzo qo’ydi.

Bu haqda matbuotga brifing bergan Bekir Pakdemirli Ozarbayjon va Turkiya o’rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsad qilinganligini ma’lum qildi.

Uning so’zlariga ko’ra, Turkiya qishloq-xo’jaligi sohasi bo’yicha Yevropada birinchi, dunyoda yettinchi o’rinda turadi.

Ozarbayjon qishloq-xo’jaligi vaziri Inom Karimov ham har sohada bo’lgani kabi qishloq-xo’jaligi sohasida ham Ozarbayjon va Turkiya o’rtasida namunali hamkorlik mavjudligini bildirdi.

 

 



Aloqador xabarlar