“Mozori Sharif-Kobul-Peshavor” temir yo‘li qurilishi rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Afg‘oniston va Pokiston temir yo‘llari ma’muriyatlari yangi “Mozori Sharif-Kobul-Peshavor” temir yo‘li qurilishi bo‘yicha qo‘shma ishchi guruhi va moliyaviy konsorsium tashkil etadi.

1104556
“Mozori Sharif-Kobul-Peshavor” temir yo‘li qurilishi rejalashtirilmoqda

 

O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Afg‘oniston va Pokiston temir yo‘llari ma’muriyatlari yangi “Mozori Sharif-Kobul-Peshavor” temir yo‘li qurilishi bo‘yicha qo‘shma ishchi guruhi va moliyaviy konsorsium tashkil etadi.

Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko’ra, 3-4-dekabr kunlari O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Afg‘oniston va Pokiston temir yo‘llari ma’muriyatlari rahbarlari O’zbekiston poytaxti Toshkent shahrida uchrashdi. Bo’lib o’tgan uchrashuvda “Mozori Sharif-Kobul-Peshavor” temir yo‘li qurilishi masalalari muhokama qilindi.

Besh davlat temir yo‘llari ma’muriyatlari rahbari uchrashuvida qo‘shma ishchi guruhi va moliyaviy konsorsiumni tashkil etish to‘g‘risidagi bayonnoma tuzildi.

Ma’lumotga ko’ra, ushbu yangi temir yo‘l Yevroittifoq, Rossiya, O‘zbekiston, Afg‘oniston, Pokiston, Hindiston hamda Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlarini bog‘lovchi transport koridoriga aylanadi.

Mazkur loyihalarning amalga oshirilishi mintaqadagi barcha davlatlar jumladan, Afg‘oniston iqtisodiyoti rivojlanishiga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, mintaqaviy tijoratni kengaytiradi, davlatlar o’rtasidagi hamkorlikni rivojlantiradi va muhimi Afg’oniston va boshqa mintaqa davlatlarining taraqqiy etishiga ko’mak beradi.

Qurilishi rejalashtirilayotgan temir yo‘l bo‘ylab yuqori voltli “Surxon-Puli-Xumron-Doshi-Surabay-Jalolobod-Peshavor” elektr energiyasi liniyasini bunyod etish mo‘ljallangan.

Bu yangi magistralni elektrlashtirishga imkon beradi.

Afg’oniston prezidenti Ashraf G’ani 2017 yilning dekabr oyida Toshkentga tashrifi chog’ida, O’zbekiston va Afg’oniston o’rtasida uzunligi 760 km bo’lgan “Mozori Sharif-Shibirg’on-Maymana-Hirot” temir yo’li qurilishi bo’yicha shartnoma imzolangan edi.

O’zbekiston bundan oldin ham Afg’onistonda “Hayratan- Mozori Sharif” temir yo’lini insho etgan edi.

 

 



Aloqador xabarlar