Turkiyada Shavkat Mirziyoyev “Yilning davlat arbobi” deb topildi

Mukofotni O’zbekiston prezidenti nomidan O’zbekistonning Istanbuldagi bosh konsuli Shuhrat Aminov qabul qilib oldi.

1185755
Turkiyada Shavkat Mirziyoyev “Yilning davlat arbobi” deb topildi

 

Turkiyada O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Yilning davlat arbobi” deb topildi.

Turkiyaning Ipakyolu strategik tadqiqotlar markazi tomonidan tashkil etilgan marosimda turk dunyosiga qo‘shgan hissasi uchun bir qancha siyosatch, vazir va yirik tadbirkorlar taqdirlandi.

“Yilning davlat arbobi” nominatsiyasi bo‘yicha mukofotga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev munosib ko‘rildi.

Mukofotni O’zbekiston prezidenti nomidan O’zbekistonning Istanbuldagi bosh konsuli Shuhrat Aminov qabul qilib oldi. 

Shuningdek, turli nominatsiyalar bo‘yicha Qirg‘iziston, Gagauziya, Turkiya, Qozog‘iston, Ozarbayjon davlatlarining konsullari ham mukofotlarni qabul qilib oldi.



Aloqador xabarlar