A.Kamilov Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi bosh kotibi Bog‘dod Amreyevni qabul qildi

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi o‘rtasidagi munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

1282663
A.Kamilov Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi bosh kotibi Bog‘dod Amreyevni qabul qildi

 

2019 yilning 4 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (TTDHK) Bosh kotibi Bog‘dod Amreyevni qabul qildi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi o‘rtasidagi munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Bosh kotib Bog‘dod Amreyev 2009-yilda imzolangan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashini tuzish to‘g‘risidagi Naxichevan Bitimini O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilinganini olqishladi.

Ushbu voqea Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlik imkoniyatlarini kengaytiradi va tashkilot salohiyatini sezilarli darajada mustahkamlaydi.

Uchrashuvda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining Baku shahrida bo‘lib o‘tadigan yettinchi sammitida O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirokining amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

 



Aloqador xabarlar