Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining VII sammitida ishtirok etadi

Sammitda Turkiy kengashga a'zo davlatlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasining to‘la huquqli a'zo sifatida Tashkilotga qo‘shilishi to‘g‘risida Qo‘shma bayonoti qabul qilinadi.

1287174
Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining VII sammitida ishtirok etadi

 

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu yilning 14-15 oktyabr kunlari Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida bo‘lib o‘tadigan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining (Turkiy kengash) yettinchi sammitida ishtirok etadi.

Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, O‘zbekiston, kuzatuvchi mamlakat sifatida ishtirok etayotgan Vengriya hamda Turkmaniston delegatsiyalari rahbarlari Turkiy kengash doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirishga qaratilgan  masalalarni muhokama qiladilar.

Sammitda Turkiy kengashga a'zo davlatlar rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasining to‘la huquqli a'zo sifatida Tashkilotga qo‘shilishi to‘g‘risida Qo‘shma bayonoti qabul qilinadi.

Uchrashuv yakunida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi yettinchi sammitining deklaratsiyasi qabul qilinishi kutilmoqda.

Prezident Mirziyoyev Bakuga tashrifi doirasida sammitda ishtirok etadigan delegatsiyalar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

 



Aloqador xabarlar