O’zbekiston va Turkiya harbiylari Nukusda trening mashg‘ulotlarini o'tkazdi

Turkiya vakillari o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilarga trening mashg‘ulotlarini yakunlagani munosabati bilan sertifikat topshirdi.

1299237
O’zbekiston va Turkiya harbiylari Nukusda trening mashg‘ulotlarini o'tkazdi

 

Shu yilning oktyabr oyida O’zbekistonning Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugining Nukus garnizoniga kelgan Turkiya vakillari o‘zbekistonlik hamkasblari bilan trening mashg‘ulotlarini o‘tkazdi. 

Yaqin janglarni olib borishning o‘ziga xos xususiyatlari, tunggi operatsiyalarni bajarish hamda bir qator boshqa mavzular bo‘yicha o‘tgan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar ikki mamlakat harbiy mutaxassislari uchun o‘zaro tajriba almashish hamda bugungi zamonaviy to‘qnashuvlar va ularda harakat qilish qobiliyati haqida ko‘proq ma’lumot olish imkonini berdi.

1 noyabr juma kuni mazkur trening yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo’lib o’tdi.

Unda O‘zbekiston hamda Turkiya o‘rtasidagi mustahkam aloqalar yangi bosqichga ko‘tarilayotgani e’tirof etildi.

Shuningdek, o‘zbek va turk xalqlarini ular o‘rtasidagi mehr-oqibat, do‘stlik va birodarlik kabi rishtalar birlashtirib turishi ta’kidlab o‘tildi.

O‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar bilan bir oy davomida trening mashg‘ulotlarini sifatli o‘tkazgani uchun Turkiya harbiylariga minnatdorlik bildirildi.

Shundan keyin, Turkiya vakillari o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilarga trening mashg‘ulotlarini yakunlagani munosabati bilan sertifikat topshirdi.

 



Aloqador xabarlar