Istanbuldan Buxoro va Samarqandga charter reyslar yo‘lga qo‘yildi

“Atlasglobal” O'zbekistonning “Grand Atlas Discovery” kompaniyasi  ko'magida 31 oktyabrda Istanbul-Buxoro charter reysini amalga oshirdi.

1299273
Istanbuldan Buxoro va Samarqandga charter reyslar yo‘lga qo‘yildi

 

Istanbuldan Buxoro va Samarqand shaharlariga charter reyslar yo‘lga qo‘yiladi.

O‘zbekiston Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi turizm sohasini jadal rivojlantirish to‘g‘risidagi 5781-sonli farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda “Uzbekistan Airports” AJ tomonidan xorijiy aviakompaniyalarni jalb qilishga doir faol ish olib borilmoqda. 

Taʼkidlash joizki, Turkiya aviatashuvchisi vakillarining 8 oy davomida oʼz yechimini kutayotgan masalasi Oʼzbekiston va xorij davlatlari shaharlari oʼrtasidagi aviatashuvlarni oshirish yoʼlida koʼrilgan choralar hamda O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi hamda “Uzbekistan Airports” АJ saʼy-harakatlari bilan hal boʼldi.

Аmalga oshirilgan ishlar natijasida Turkiyaning “Atlasglobal Airlines” aviakompaniyasiga parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsat berildi.  

“Atlasglobal” O'zbekistonning “Grand Atlas Discovery” kompaniyasi  ko'magida 31 oktyabrda Istanbul-Buxoro charter reysini amalga oshirdi. Shuningdek, 4 noyabrda esa Istanbul-Samarqand yo‘nalishidagi birinchi charter reysini amalga oshiradi.

“IATA summer 2020” yoz mavsumidan boshlab esa “Atlasglobal Airlines” aviakompaniyasi tomonidan ziyorat turizmini rivojlantirish maqsadida 50 nafar aviareysni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Buning natijasida O‘zbekistonga 10 mingdan ziyod sayyohning tashrifi kutilmoqda. 



Aloqador xabarlar