O'zbekistonda “Ipak yo‘lida turizm” xalqaro ko‘rgazmasi ochildi

Ko‘rgazma doirasida “Sharq bozori”, “Ipak yo‘li lazzati” milliy taomlar festivali, O‘zbekiston sayyohlik brendi elchilarining xalqaro forumi, Shahrisabz xalqaro milliy kiyimlar festivali taqdimoti, hunarmandlar uchun mahorat darslari bo'lib o'tadi.

1306513
O'zbekistonda “Ipak yo‘lida turizm” xalqaro ko‘rgazmasi ochildi

 

Kecha, 13 noyabr kuni Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar markazida “Ipak yo‘lida turizm” nomli 25-xalqaro ko‘rgazmasi ochildi.

3 kun davom etadigan yirik tadbir 2 ta pavilonda o‘tkazilmoqda.

Milliy pavilonda har bir mintaqaning milliy madaniyati va sayyohlik salohiyatining o‘ziga xos xususiyatlarini namoyish etuvchi O‘zbekiston mintaqalarining taqdimot stendlari, shuningdek, “Hunarmandlar shahri” ekspozitsiyasi taqdim etilgan.

Xalqaro pavilonda esa xalqaro transport kompaniyalari, davlat tashkilotlari, diplomatik vakolatxonalar, O‘zbekiston va xorij sayyohlik va kurort maskanlari stendlari joy olgan.

Ko‘rgazmaning ilk kunida “Sharq bozori”, “Ipak yo‘li lazzati” milliy taomlar festivali, O‘zbekiston sayyohlik brendi elchilarining xalqaro forumi, Shahrisabz xalqaro milliy kiyimlar festivali taqdimoti, hunarmandlar uchun mahorat darslari va mahsulotlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.



Aloqador xabarlar