Ankarada "O'rta Osiyoning porloq yulduzi - O'zbekiston" nomli investitsiyaviy forum o'tkazildi

Tadbirda Turkiya Parlamenti deputatlari, davlat va hukumat vakillari, 500dan ziyod tadbirkor va biznes doiralar yetakchilari ishtirok etishdi.

1306533
Ankarada "O'rta Osiyoning porloq yulduzi - O'zbekiston" nomli investitsiyaviy forum o'tkazildi

 

Kecha, 13 noyabr kuni Turkiya poytaxti Ankarada Yevrosiyo iqtisodiy hamkorlik uyushmasi (EkoAvrasya) va O’zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi tashabbusi bilan "O'rta Osiyoning porloq yulduzi - O'zbekiston" nomli yirik savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy forum o'tkazildi.

Tadbirda Turkiya Parlamenti deputatlari, davlat va hukumat vakillari, 500dan ziyod tadbirkor va biznes doiralar yetakchilari ishtirok etishdi.

Forum doirasida O’zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida oxirgi uch yilda O'zbekistonda amalga oshirilgan ilg'or islohotlar va tadbirkorlarga yaratib berilgan imkoniyatlar taqdimoti bo'lib o'tdi.

Shuningdek, “V2V” formatida muloqotlar uyushtirildi.

Mehmonlarga o’zbek milliy taomi - palov tortiq qilindi.

Ushbu forum ikki davlat o’rtasida yangi investitsiyaviy loyihalar va hamkorlik yo'nalishlariga asoslangan ulkan islohotlarga xizmat qiladi.



Aloqador xabarlar