Tojikistonda o’zbek madaniyati kunlari bo’lib o’tmoqda

O‘zbekiston madaniyati kunlari tadbirlari o’zbek va tojik xalqlari o‘rtasida do‘stlik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

1307844
Tojikistonda o’zbek madaniyati kunlari bo’lib o’tmoqda

 

 

Tojikiston Respublikasida O‘zbekiston madaniyati kunlari tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Tadbir asosan Tojikiston Respublikasi Dang‘ara shahrida bo’lib o’tmoqda. Tadbirga O‘zbekistondan tashrif buyurgan katta delegatsiya karnay-surnay sadolari ostida iliq kutib olindi. 

Shu munosabat bilan “Qasri Faxrang” madaniyat saroyida o‘zbekistonlik san’at ustalari tomonidan katta konsert dasturi namoyish etildi.

Unda o‘zbekcha va tojikcha kuy-qo‘shiqlar barchaga xush kayfiyat ulashdi.

O’zbek va tojik xalqlari o‘rtasida do‘stlik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladigan O‘zbekiston madaniyati kunlari tadbirlari davom etmoqda.



Aloqador xabarlar