Ozarbayjonda "O‘zbekiston kinosi kunlari" tadbiri o'tkazildi

Tadbirda o’zbek rejissyorlar Abduxalil Mignorovning "Abu Iso Muhammad Termiziy", Umid Hamdamovning "Issiq non", Zulfiqor Musoqovning "Berlin-Oqqo‘rg‘on", Hilol Nasimovning "Hayot" nomli badiiy fil’mlari ozarbayjonlik kinomuxlislar e’tiboriga havola etildi

1312865
Ozarbayjonda "O‘zbekiston kinosi kunlari" tadbiri o'tkazildi

 

Ozarbayjonda "O‘zbekiston kinosi kunlari" haftaligi o’z ishini yakunladi.

Tadbirda 6 ta o’zbek badiiy fil’mi, 4 ta hujjatli fil’m namoyish etildi.

"O‘zbekiston kinosi kunlari"ni o‘tkazish rejasi joriy yilning 21-28 sentyabr kunlari O‘zbekistonning Toshkent va Samarqand shaharlarida o‘tkazilgan “Ozarbayjon kinosi kunlari” haftaligida kelishilgan edi.

O’zbek rejissyorlar Abduxalil Mignorovning "Abu Iso Muhammad Termiziy", Umid Hamdamovning "Issiq non", Zulfiqor Musoqovning "Berlin-Oqqo‘rg‘on", Hilol Nasimovning "Hayot" nomli badiiy fil’mlari ozarbayjonlik kinomuxlislar e’tiboriga havola etildi.

Ma’lum bo’lganidek, o‘zbek va ozarbayjon xalqlarining madaniyati, tili, qadriyatlari bir-biriga o‘xshaydi.

O‘zbek tomoshabinlari “Qaynona”, “Arshin mol olon”, “Ahmad qayerda?” kabi ozarbayjon fil’mlarini haligacha zavq bilan tomosha qiladi.

Sentyabrda bo‘lib o‘tgan "Ozarbayjon kinosi kunlari" tadbiri davomida o‘zbek tomoshabinlari ozarbayjonlik kinorejissyorlarining yangi fil’mlari bilan tanishishgan bo‘lsa, Ozarbayjonda o’tgan "O‘zbekiston kinosi kunlari" haftaligida ham ozarbayjonliklar shunday imkoniyatga ega bo‘lishdi.

 



Aloqador xabarlar