Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning uchrashuvi bo'lib o'tdi.

1314267
Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekistonga tashrif buyurdi

 

 

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan bugun Toshkentga tashrif buyurdi.

Oliy martabali mehmonni “Islom Karimov” nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Tantanali kutib olish marosimidan so‘ng Turkmaniston delegatsiyasi o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga yo‘l oldi.

Turkmaniston prezidentining O‘zbekistonga amaliy tashrifi bugun, 28 noyabr kuni ikki davlat rahbarlarining uchrashuvi bilan boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqdilar va ularni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar.

O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan ko‘p qirrali hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Muzokaralar chog‘ida amaliy hamkorlik masalalariga, jumladan, o‘zaro savdoni ko‘paytirish, mashinasozlik, energetika, transport, qishloq xo‘jaligi va boshqa ustuvor tarmoqlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga alohida e'tibor qaratildi.

Hududlar o‘rtasida, shuningdek, madaniy-gumanitar sohada faol aloqalarni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

 

 

 



Aloqador xabarlar