O'zbekistondan xabarlar 49-qism

Toshkent shaxrida Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlarining 2-maslahatlashuv yig'ilishi bo'lib o‘tdi.

1317857
O'zbekistondan xabarlar 49-qism

 

 

Toshkent shaxrida Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlarining 2-maslahatlashuv yig'ilishi bo'lib o‘tdi.

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida bo'lib o'tgan uchrashuvda Qirg'iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Gurbangul Berdimuhamedov va Qozog'istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev ishtirok etdi.

Uchrashuvda Markaziy Osiyo mamlakatlari o'rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport, logistika, madaniy va boshqa hamkorlik, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlik va Afg'onistondagi vaziyat muhokama qilindi.

Uchrashuvda so'z olgan Mirziyoyev, Markaziy Osiyoning har doim Yevropa, Yaqin Sharq, Janubiy va Sharqiy Osiyoni boy madaniy, tarixiy merosi bilan bog'laydigan noyob ko'prik bo'lib kelganligini aytar ekan, ulkan tabiiy boyliklarga va insoniy imkoniyatlarga ega bo'lgan Markaziy Osiyoda dunyoning qudratli davlatlarining manfaatlarining kesishgan xudud ekanligini ta'kidladi.

Mirziyoyev Markaziy Osiyo mamlakatlarining mintaqaviy va global masalalarda umumiy nuqtai nazarga ega bo'layotganidan mamnun ekanligini bildirib, mintaqa mamlakatlari o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish muhimligini ta'kidladi.

Nazarboyev, 21.asrda Markaziy Osiyoni rivojlantirish uchun yaxshi qo'shnichilik va hamkorlik to'g'risidagi bitimning imzolanishinin muximligini ta'kidlab, tovarlar, xizmatlar va sarmoyaning erkin harakatlanishi uchun to'siqlarni olib tashlash va to’siqlarsiz Markaziy Osiyoni yaratish kerakligini bildirdi.

Nazarboev, shunindek 15 martni Markaziy Osiyo kuni sifatida nishonlashni taklif qildi.

Tojikiston Prezidenti İmomali Raxmon esa, mintaqada terrorchilik va ekstremistik guruhlarning faolligining sezilarli darajada oshganligini ta’kidlab, Markaziy Osiyo mamlakatlari xavfsizlik masalalari bo'yicha tez-tez uchrashib turishi kerakligini taklif qildi.

Qirg'iziston Prezidenti Jeenbekov, mintaqada DEASH mafkurasi va boshqa radikal guruhlar mavjudligiga ishora qilib, terror tashkilotlarini faol targ'ibotlarining mintaqani tashvishga solayotganini ta'kidladi.

Turkmaniston Prezidenti Berdimuhamedov Markaziy Osiyo davlatlarini Afg'onistonni mintaqaviy loyihalarda faol ishtirok etishga va mintaqani muhim transport markaziga aylantirishga chaqirdi.

Berdimuhamedov mintaqadagi suv va atrof-muhit muammolariga e'tibor qaratib, "Orol dengizini qutqarish nafaqat ishimiz, balki tarixdan oldidagi vazifamizdir", dedi.

Berdimuhamedovning taklifiga binoan Nazarboyev, Markaziy Osiyo mamlakatlari prezidentlari maslahatlashuv majlisining faxriy prezidenti etib saylandi.

Keyingi uchrashuvni kelasi yil Qirg'izistonda o'tkazishga kelishib olgan rahbarlar, uchrashuv so’ngida Qo'shma deklaratsiyani imzoladilar.

Uchrashuvdan keyingi brifingda so'z olgan Mirziyoyev, uchrashuv juda samarali bo'lganini va rahbarlar barcha masalalar bo'yicha kelishib olganliklarini ta'kidladi.

 

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3 dekabr kuni Tojikiston Respublikasining poytaxti - Dushanbe shahri raisi Rustam Emomalini qabul qildi.

Uchrashuv avvalida Shavkat Mirziyoyev O`zbekiston va Tojikiston o`rtasidagi do`stlik va yaxshi qo`shnichilik munosabatlari keyingi yillarda izchil rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Uchrashuvda ikki qardosh mamlakat rahbarlarining siyosiy irodasi tufayli ko`p qirrali hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish ta`minlangani, O`zbekiston va Tojikiston o`rtasida strategik sheriklik yo`lga qo`yilgani alohida ta`kidlandi.

Dushanbe shahri raisi Rustam Emomali qabul uchun samimiy minnatdorlik bildirib, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning salomi va eng ezgu tilaklarini etkazdi.

Uchrashuvda mamlakatlar poytaxtlari Toshkent va Dushanbe o`rtasida o`zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Shaharni boshqarish va infratuzilmani rivojlantirish, "yo`l xaritasi" asosida qo`shma kooperatsiya loyihalari va madaniy-gumanitar hamkorlik dasturlarini amalga oshirish kabi yo`nalishlarda muntazam muloqotni yo`lga qo`yish masalalariga alohida e`tibor qaratildi.

 

O'zbekistonda bo`lib o`tayotgan O'zbekiston-Turkiya "Salomatlik haftaligi" doirasida sog`liqni saqlash va farmatsevtika sohasida birinchi o`zbek-turk biznes forumi tashkil etildi.

Unda Turkiya Respublikasi sog`liqni saqlash vaziri Faxriddin Koja boshchiligidagi Turkiya delegatsiyasi ishtirok etdi.

Toshkentda tashkil etilgan o`zbek-turk biznes forumning rasmiy ochilish marosimida so`zga chiqqan Koja, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog`anning oliy darajadagi uchrashuvlari, do`stona siyosati tufayli qardosh xalqlar o`rtasida ko`p asrlik umumiy tarixga, madaniyat va urf-odatlarga ega bo`lgan do`stlik rishtalari, shuningdek, hamkorlik aloqalari rivojlanib borayotganini ta`kidladi.

O'zbekiston Sog'liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov, mamlakatda sog'liqni saqlash sohasida islohotlarni boshlashlari arafasida dunyodagi 30 ga yaqin mamlakatda olib borilayotgan islohotlarni ko'rib chiqqanliklarini eslatib, bu jarayonda Turkiya sog'liqni saqlash sistemasini o'zlari uchun ustuvor ko'rganliklarini ta'kidladi.

Shodmonov, Turkiya sog'liqni saqlash tizimining iqtisodiy jihati, odamlarga qulaylik nuqtai nazaridan ko'p ijobiy jihatlari borligini ta’kidlab, shuningdek, ikki davlat xalqlarining tili, dini va madaniyatlarining xam o’hshash ekanligini eslatdi.

Shodmonov, shuningdek Turkiya bilan tibbiy ta'lim sohasida xam hamkorlikni kengaytirish tarafdori ekanligini bildirib, Turkiyalik xamkasblari bilan Turkiyaning tibbiy ta'limini, shifoxonalar va ilmiy-tadqiqot markazlaridan iborat Turkiya tibbiy ta’limini tashkil etish orqali O'zbekistonni Markaziy Osiyoning sog'liqni saqlash markazlaridan birina aylantirish masalalarini muxokama qilganliklarini bildirdi.

Tadbir so'ngida, Kojaga Toshkent Tibbiyot Akademiyasi faxriy professori unvoni berildi.

Tadbir nixoyasida ikki davlat o'rtasida shoshilinch va tez tibbiy xizmat, farmatsevtika, tibbiy ta`lim, onkologiya va radiologiya, gematologiya va qon quyish, pediatriya, akusherlik va ginekologiya, xususiy tibbiyot kabi qator muhim yo`nalishlarda memorandumlar imzolandi.

 



Aloqador xabarlar