O‘zbekiston tabiiy gaz eksportini to‘xtatishni rejalashtirmoqda

O’zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 2025 yilga kelib O‘zbekiston tabiiy gaz eksportini to‘xtatishi mumkinligini bildirdi.

1343410
O‘zbekiston tabiiy gaz eksportini to‘xtatishni rejalashtirmoqda

 

O‘zbekiston tabiiy gaz eksportini to‘xtatishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda O’zbekiston nashrlarida ma’lum qilingan.

Xabarga ko’ra, O’zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) siyosiy kengashi yig‘ilishida so‘zlagan nutqida, 2025 yilga kelib O‘zbekiston tabiiy gaz eksportini to‘xtatishi mumkinligini bildirdi. 

“2025 yilga kelib, O‘zbekiston tabiiy gaz eksportini va uni to‘liq qayta ishlashni to‘xtatish, shuningdek qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish choralarini ko‘radi”,-dedi O’zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov.

Abdulla Aripov, shuningdek, muqobil energiya manbalaridan keng foydalanishga alohida e'tibor qaratilishini ta'kidladi.

Ma'lum qilinishicha, 2030 yilda O‘zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish qariyb 2 baravar, neft mahsulotlari ishlab chiqarish 1,8 baravar, tabiiy gaz ishlab chiqarish 1,2 baravar va ko‘mir ishlab chiqarish 3,3 baravar oshirilishi rejalashtirilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #tabiiy gaz eksporti , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar