O'zbekistondan xabarlar 3-qism

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini mukofot bilan taqdirladi.

1343955
O'zbekistondan xabarlar 3-qism

 

O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 28 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi...

 

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo’mondoni Shavkat Mirziyoyev O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 28 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo'lladi.

"Hurmatli askar va serjantlar, ofitser va generallar, Qurolli Kuchlarimiz faxriylari!

Qadrli yurtdoshlar!

O’z hayotini Vatanni himoya qilishdek eng ulug’ va olijanob ishga bag’ishlagan siz, azizlarni, butun xalqimizni O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 28 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Ushbu qutlug’ ayyomda barchamiz avvalo o’z jangovar postida doimo hushyor va sergak turib, yurtimiz sarhadlarini ko’z qorachig’idek asrab kelayotgan mard va jasur, sodiq o’g’lonlarimizni, fidoyi ota-bobolarimizni, haqiqiy vatanparvar insonlarni sharaflab, ularning sha’niga eng ezgu tilaklarimizni izhor etamiz.

Ana shunday botir va jonkuyar farzandlarni tarbiyalab voyaga yetkazgan hurmatli ota-onalarga, harbiy xizmatchilarimizga o’z muqaddas burchini ado etishda hamisha tog’dek tayanch bo’lib kelayotgan ularning oila a’zolariga chuqur minnatdorchilik bildiramiz.

Armiyamizning kuch-qudrati harbiy xizmatchilar bilan butun jamiyatimizning birligi va hamjihatligida, desak, ayni haqiqatni aytgan bo’lamiz.

Mana shunday buyuk ma’naviy qudrat manbai bor ekan, hech qanday yovuz kuch O’zbekiston mustaqilligiga, tinch va osuda hayotimizga raxna sololmaydi, bizni demokratik o’zgarishlar yo’lidan ortga qaytara olmaydi.

Vatanimizning mard va jasur himoyachilari!

Ushbu qutlug’ bayram kunlarida hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan G’alabaning 75 yilligini nishonlash arafasida o’z hayoti evaziga dunyo xalqlarining ozodligi va erkinligini saqlab qolishga erishgan g’olib ajdodlarimizga yuksak hurmat va e’tibor ko’rsatish qanchalik muhim ekanini barchamiz har qachongidan ham chuqur his etib, bu borada katta amaliy ishlarni amalga oshirmoqdamiz.

Siz, hurmatli harbiy xizmatchilarga – askar va serjantlar, ofitser va generallar, Qurolli Kuchlarimiz faxriylariga Vatanimizga sidqidildan xizmat qilishdek sharafli vazifani ado etishda mustahkam sog’lik, ulkan muvaffaqiyatlar, kuch-g’ayrat, oilalaringizga esa yangi – 2020-yilda fayz-baraka va baxt-saodat yor bo’lishini tilayman".

Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotladi.

 

O'zbekistonga 2019 yilda eng ko'p sayyoh qaysi mamlakatlardan kelgan?


Ma'lumotlarga ko'ra, 2019 yilda O'zbekistonga 6 million 748 ming 500 sayyoh kelgan. Eng ko'p sayyoh Markaziy Osiyo mintaqasiga tegishli. Ularning soni 5 million 764 ming 500 kishiga yetgan. MDH mamlakatlaridan kelganlar soni 495 ming 600, uzoq xorijiy mamlakatlardan tashrif buyurgan mehmonlar soni esa 488 ming 400 kishini tashkil etgan.

Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi tashkil etgan brifingda malum qilindi.

O'zbekistonga tashrif buyurganlar orasida qarindosh-urug va dostlarini korishga kelganlar soni 81,8 foizdan iborat bolgan bolsa, dam olish uchun kelganlar 15,5 foizni tashkil etgan. Boshqa sabablar, jumladan, davolanish, xaridlar, biznes uchrashuvlarda ishtirok etish hamda talim olish maqsadida kelgan xorijliklar soni 2,7 foiz bolgan.

O'tgan yil yakuniga ko'ra, turistik xizmatlar eksporti korsatkichi 1 milliard 313 million АQSh dollarini tashkil qilib, 2018 yilga nisbatan 26,1 foizga o'sish qayd etildi.

O'zbekiston turizm salohiyatini dunyo jamoatchiligi orasida keng targib etish maqsadida АQSh, Yaponiya, Germaniya, Italiya, Xitoy, Indoneziya, Rossiya va boshqa mamlakatlardan 160 dan ortiq OАV vakillarining tashrifi tashkillashtirildi.

Targ'ibotda xorijdagi vatandoshlar salohiyatidan ham keng foydalanilmoqda. Xususan, 6 mingdan ortiq vatandoshimiz Ozbekiston turizm salohiyatini targib qilishga jalb qilindi. Otgan yilning 17-21 dekabrь kunlari Tokio shahridagi Sibuya maydonida O'zbekiston turizm salohiyatini targ'ib qiluvchi videoroliklar namoyish etildi, 90 dan ortiq aktsiyalar tashkil etildi, 60 mingdan ortiq targibot materiallari yetkazildi.

– Turistlar tashrifining mavsumiylik omiliga etibor qaratadigan bolsak, keskin farqlar guvohi bolamiz, – dedi Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi raisining birinchi orinbosari Faxriddin Davrukov. – Otgan yillar davomida xorijiy turistlarning eng kop tashrif buyurgan oyi va eng kam tashrif buyurgan oyi ortasidagi farq 1,7 foizni tashkil etgan. Masalan avgust oyida eng kop kelgan turistlar 693 mingni tashkil etgan bolsa, fevralь oyida 393 ming nafardan iborat bolgan. 2018 yilda bu korsatkich 2,1 foizga qisqargan.

Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan MICE-turizmni rivojlantirish boyicha chora-tadbirlar rejasi doirasida hududlardagi MICE-tadbirlar uchun salohiyatli obektlar organib chiqilib, ularning yagona reestri shakllantirildi va “Meetings & Events Catalogue” katalogi ishlab chiqildi. Bundan tashqari, hozirda shu kabi tadbirlarni muvofiqlashtirish maqsadida Qo'mita tuzilmasida Kongress va korgazmalar markazi tashkil etilmoqda.

Mehmonxonalar qurilishi va rekonstruktsiyasi, sanatoriyalar, soglomlashtirish komplekslari, sport-rekreatsiya zonalarini yaratishga qaratilgan 1,1 milliard miqdoridagi investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

 

Hindiston Tashqi İshlar Vaziri Bilan Uchrashuv...

 

 

2020-yilning 14-yanvar kuni Dehli shahriga amaliy tashrif bilan kelgan O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Hindiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Subrahmanyam Jaishankar bilan uchrashdi.

Suhbat boshida O’zbekiston TIV rahbari Hindiston Tashqi ishlar vazirligi shafeligida o’tkazilayotgan “Raisina Dialogue” beshinchi xalqaro konferentsiyasiga taklif uchun minnatdorlik izhor etdi.

Uchrashuvda Prezident Shavkat Mirziyoyev va Bosh vazir Narendra Modi o’rtasidagi muhim kelishuvlarga asoslangan O’zbekiston-Hindiston hamkorligining holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Vazirlar 2020-yilda bo’lib o’tadigan oliy va boshqa darajalardagi uchrashuvlar jadvali, qo’shma tadbirlar o’tkazish muddatlari bo’yicha takliflarni ko’rib chiqdilar.

O’zbekiston va Hindiston iqtisodiy sohadagi hamkorlikni kengaytirishga ustuvor ahamiyat berishi ta’kidlandi.

Afg’oniston masalasiga alohida e’tibor qaratildi. O’zbekiston va Hindistonning Afg’onistondagi vaziyatni tezroq barqarorlashtirishdan manfaatdorligi tasdiqlandi, bu esa mintaqadagi hamkorlikni faollashtirish va kengaytirish uchun keng imkoniyatlarni ochib berishi qayd etildi. Ushbu maqsadlarga erishishga 2019-yil yanvar oyida Samarqand shahrida ilk bor o’tkazilgan tashqi ishlar vazirlari darajasida Afg’oniston ishtirokidagi “Hindiston – Markaziy Osiyo” muloqoti majlislarining muntazam o’tkazilishi ham ko’maklashadi.

Uchrashuvda madaniy-gumanitar, ayniqsa, ta’lim va fan sohalaridagi aloqalarni mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.

 

Yevropa va Osiyo mamlakatlari iste’molchilari birinchi forumi...

 

Toshkentda 15 yanvarda Birinchi Yevropa va Osiyo mamlakatlari iste’molchilar forumi boshladi. Xalqaro iste’molchilar tashkiloti va Xalqaro iste’molchilar jamiyatlari konfederatsiyasining taklifiga binoan, nafaqat mintaqada, balki Yevropa va Osiyo qit’alari hududida ilk bor tashkil etilgan mazkur nufuzli anjumanni o’tkazish mamlakatimizga topshirilishi bejiz emas, albatta.

O’zbekiston 2018 yilda Xalqaro iste’molchilar tashkilotining to’laqonli a’zoligiga qabul qilindi va tuzilma doirasidagi me’yorlar to’la-to’kis bajarib kelinmoqda. Eng asosiysi, respublikamizda so’nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida iste’molchilar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan yangi tashabbuslar ishlab chiqilayotgani, qonunchilikni takomillashtirish bo’yicha faol ish olib borilayotgani O’zbekistonning ushbu yo’nalishdagi xalqaro reytingi keskin ko’tarilishiga zamin yaratdi.

Forum davomida sohada ro’y berayotan yangiliklar, yuzaga chiqayotgan yangi turdagi ijtimoiy munosabatlar haqida ma’lumot almashildi, ushbu jarayonda iste’molchilarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan yangi g’oya, takliflar o’rtaga tashlandi. Nazariy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish yo’llari muhokama qilindi.

Аnjumanda Yevropa va Osiyoning yirik, iste’mol bozorida yuqori mavqega ega, turizm, ishlab chiqarish va boshqa muhim sohalar rivojlangan davlatlari vakillari ishtirok etmoqda. Xususan, O’zbekiston iqtisodiyoti ham so’nggi yillarda taraqqiyotning yangi bosqichiga o’tdi. Mamlakatimizga sayyohlar oqimi yil sayin ortmoqda. Tabiiyki, bunday vaziyatda nainki mahalliy iste’molchilar, balki xorijiy mamlakatlardan tashrif buyurayotgan fuqarolarga ham sifatli xizmatlar ko’rsatish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etadi. Shu ma’noda forumda ko’tarilgan masalalarga yechim izlash, muammolarni bartaraf etish yo’llarini qidirishdan O’zbekiston ham bevosita manfaatdor.

Xalqaro ekspertlar tomonidan forum dasturi uchun nafaqat respublikamiz, balki butun mintaqa uchun dolzarb bo’lgan mavzular tanlangan. Xususan, elektron tijorat tizimini joriy qilish bilan bog’liq muammolarni hal etish, transchegaraviy murojaatlar va ularni ko’rib chiqishdagi yuzaga keladigan turli holatlar tahlili, ushbu jarayonlarning o’ziga xos xususiyatlari singari mavzularda yalpi majlislar o’tkaziladi.

Forum yakuni bo’yicha Yevropa va Osiyo mamlakatlari iste’molchilariga murojaatnoma qabul qilinishi rejalashtirilgan. Mazkur tavsiyaviy xarakterga ega murojaatnoma asosida sohaning kelgusidagi istiqbolli rejalari belgilab olindi.

 

 

O'zbekiston Prezidenti Shavkat MirziyoyevSergey Lavrovni qabul qildi

 

 

16-yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo’lib turgan Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Sergey Lavrovni qabul qildi. 

Uchrashuv avvalida Prezidentimiz strategik sheriklik va ittifoqchilikka asoslangan ikki tomonlama munosabatlarning rivojlanish sur'ati tobora ortib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi. 

Oliy darajadagi muloqot muntazamlik kasb etgani, o’zaro almashinuvlar misli ko’rilmagan darajada faollashgani, ko’p qirrali hamkorlik, avvalo, savdo-iqtisodiy, investitsiya, energetika, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar sohalar, ta’lim va boshqa ustuvor yo’nalishlarda kengayib borayotgani bundan dalolat beradi. 

Sergey Lavrov samimiy qabul uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi hamda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning dildan salomlarini yetkazdi. Ikki rahbarning mamlakatlarimiz o’zaro hamkorlikda bugungi darajaga erishishidagi hal qiluvchi roli alohida qayd etildi.

Uchrashuvda O’zbekiston-Rossiya munosabatlarining dolzarb masalalari ko’rib chiqildi, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik mavzular yuzasidan fikr almashildi. 
Joriy yilda o'tkazilishi rejalashtirilgan oliy darajadagi uchrashuvlarga tayyorgarlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 

“Eng faol davlat arbobi” — "Yil odami” nomi e'lon qilindi

 

Toshkentdagi “Zarafshon” kinokonsert zalida O'zbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan tashkillashtirilgan “Yil tanlovi - 2019” taqdirlash marosimi 17 yanvar kuni bo’lib o’tdi.

O’zbekistonda “Yil odami” sifatida e’tirof etilgan inson ma’lum bo’ldi. Ushbu inson nomini O’zbekiston Milliy axborot agentligi Bosh direktori Abdusaid Ko’chimov e’lon qildi.

“Eng faol davlat arbobi” — O’zbekistonda yil odami, O’zbekiston Respublikasi Senati raisi Tanzila Norboyeva deb topildi. Sovg’ani Tanzila Norboyevaning spikeri qabul qilib oldi.

Norboyeva Tanzila Kamolovna – 1956-yil Andijon viloyati Shahrixon tumanida tug’ilgan. Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O’zMU)da filolog mutaxassisligi bo’yicha ta’lim olgan.

Mehnat faoliyatini 1974-yil Shahrixon tumanidagi o’rta ta’lim maktabida o’qituvchilik bilan boshlagan.

1975-1995-yillar davomida ta’lim muassasalari, tashkilotlarda turli lavozimlarda va Xalq demokratik partiyasida faoliyat olib borgan.

1995-2010-yillar davomida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan.

2010-2016-yillarda O’zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi, 2016-2019-yillarda O’zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo’mitasi raisi lavozimlarida ishladi.

2019-yil O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirmanchi yalpi majlisida Senat Raisi lavozimiga tayinlandi.

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar