Xitoy-Qirg'iziston-O'zbekiston o’rtasida temir yo'l quriladi

Bu haqda O'zbekiston Respublikasi transport vaziri Elyor G'aniyev va Qirg'iziston Respublikasi transport vaziri Janat Beyshenov telefon orqali muloqot chog'ida kelishib oldi.

1449872
Xitoy-Qirg'iziston-O'zbekiston o’rtasida temir yo'l quriladi

 

 

Xitoy – Qirg'iziston – O'zbekiston o’rtasidagi temir yo'l qurilishi tezlashadi.

Bu haqda O'zbekiston Respublikasi transport vaziri Elyor G'aniyev va Qirg'iziston Respublikasi transport vaziri Janat Beyshenov telefon orqali muloqot chog'ida kelishib oldi.

O'zbekiston transport vazirligi matbuot xizmati ma'lum qilishicha, mintaqa davlatlari uchun manfaatli bu loyihani amalga oshirishda maqbul yo'nalishlarni tanlash, texnik va moliyaviy shartlar bilan bog'liq masalalarni muhokama qilish maqsadida tez kunlarda videoanjuman shaklida uchrashuv ham o'tkaziladi.

Unda Xitoy transport sohasi mutasaddilari ham ishtirok etishi kutilmoqda. Ushbu davlatlar rasmiylari bilan Markaziy Osiyo va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari o'rtasidagi o'zaro savdo aloqalarini oshirishda muhim bo'lgan multimodal transport yo'lagidan foydalanish samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

O'zbekiston va Qirg'iziston Respublikalari transport vazirlari Xitoy, Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari bo'ylab yuklarning konteynerda uzilishlarsiz tashuvini yo'lga qo'yish, transport vositalarining to'siqlarsiz o'tishini ta'minlashga kelishib oldi.


Tanlangan kalimalar: #temir yo'l , #O'zbekiston , #Qirg'iziston , #Xitoy

Aloqador xabarlar