17- Xalqaro ta'lim va fan yarmarkasi Nur-Sultonda o’z ishini boshladi

Qozog’iston poytaxti Nur-Sultonda 17- Xalqaro ta'lim va fan yarmarkasi o’z ishini boshladi.

1309754
17- Xalqaro ta'lim va fan yarmarkasi Nur-Sultonda o’z ishini boshladi

Qozog’iston poytaxti Nur-Sultonda 17- Xalqaro ta'lim va fan yarmarkasi o’z ishini boshladi.

Atakent Expo firmasi tomonidan Ko’rme yarmarka markazida uyushtirilgan yarmarkaning ochlish marosida tarmoq vakillari, diplomatlar va taklif qilingan ko’pchilik ishtirok etdi.

Unda Qozog'iston, Rossiya, Bolgariya, Kanada, Litva, Polsha va Shveytsariyadan kelgan universitet vakillari stend ochdi.

Yarmarkada ishtirok etganlardan Xo’ja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro Turk-qozoq universitetining rektor maslahatchisi Yedil To’legenov, “Anadolu” axborot agentligiga bergan bayonotida universitetning imkonlarini tanitishni niyatida ekanliklarini qayd etdi.  

Ahmad Yassaviy universitetining mintaqa poytaxti Turkiston shahrida joylashishi tufayli qiziqish katta ekanligini eslatib o’tgan To’legenov, “Oxirgi 2 yilda talabalarimiz soni 2 barobarga ko’tarilib, 10 mingdan ortdi. Bu raqamning 15 foizi chet ellik talabalar” dedi.  

To’legenov, universitetda dunyoning 17 ta davlatidan 41 millatga a’zo talabaning ta’lim olganligini ham o’z so’ziga ilova etdi.

Universitetning Qozog’istonda xalqaro statusga ega yagona ta’lim markazi ekanligiga e’tibor qaratgan To’legenov unda qozoq, turk, ingiliz va rus tillarida dars berilganligini aytib o’tdi.

To’legenov, chet ellik talabalarning o’z yurtlariga qaytishlari uchun yo’l harajatlarining to’lab berilganligi, Turkiyadan 500 nafar qozoq talabaga stipendiya berilishi, iqtisodiy jihatdan kam ta’minlangan talabalar uchun talabalar yotoqxonasi va boshqa masalalarda qulayliklar yaratilganligini ham qayd etdi.

Yarmarka, haftaning juma kuni o’z nihoyasiga yetadi.

 

 

 



Aloqador xabarlar