Aliyev, Armanistonning 10 - noyabrdagi shartnomaga amal qilishidan umidvorligini bildirdi

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Armanistonning 10 - noyabrdagi shartnomaga amal qilishidan umidvorligini bildirdi.

1591283
Aliyev, Armanistonning 10 - noyabrdagi shartnomaga amal qilishidan umidvorligini bildirdi

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Armanistonning 10 - noyabrdagi shartnomaga amal qilishidan umidvorligini bildirdi.

Matbuot anjumani uyushtirgan Aliyev, Tog‘li Qorabog‘dagi o‘q uzishni to‘xtatgan 10 - noyabrdagi shartnoma haqida:

“Muhoraba natijalari o‘zgarmaydi va bayonotning yirik qismi ijro etildi. Armanistonda yuz bergan vaziyatga qaramay jarayon davom etmoqda. Aks holda yana - da yomonlashadi. Ya’ni, haqiqat bilan yuzlashishga majbur”.- dedi.

Armanistondagi to‘ntarish tashabbusi haqidagi jarayonni ham baholagan Aliyev,

“Namoyishlar Armaniston hukumatini ancha larzaga soldi. Armanistonda buhronli vaziyat davom etmoqda. Prinsipial jihatdan hech qaysi davlatning ichki ishlariga aralashmayapmiz” - dedi.

Bu vaziyat javobgarlarining amaldagi hukumat ekaniga e’tibor qaratgan Prezident Aliyev,

“Armaniston bugungi kunda og‘ir vaziyatda. Buning sababi hozirgi va oldingi yetakchilikdir. Armanistonning bu holga kelishining sababi ishg‘olchi siyosat olib borilishidir”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.


Tanlangan kalimalar: #Ozarbayjon , #Ilhom Aliyev , #Armaniston

Aloqador xabarlar