Aliyev, Covid-19ga qarshi kurashdagi yordami uchun Erdo‘g‘anga minnatdorchilik bildirdi

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Covid - 19 ga qarshi kurashga hissa qo‘shish maqsadida Turkiyadan yurtiga yuborilgan tibbiy ashyolar uchun Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘anga minnatdorchilik bildirdi.

1450409
Aliyev, Covid-19ga qarshi kurashdagi yordami uchun Erdo‘g‘anga minnatdorchilik bildirdi

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) ga qarshi kurashga hissa qo‘shish maqsadida Turkiyadan yurtiga yuborilgan tibbiy ashyolar uchun Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘anga minnatdorchilik bildirdi.

Ozarbayjon Respublikasi Prezidentlik apparati tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra Aliyev, Erdo‘g‘anga yuborgan makbutida, Turkiyada Covid – 19 tufayli vafot etganlarning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya izhor etib, bemorlarga shifo tilagan.

Prezident Erdo‘g‘anning 5 – iyuldagi maktubi uchun ham alohida minnatdorchilik bildirgan Aliyev, Turkiyaning, Erdo‘g‘anning yetakchiligida Covid – 19 ga qarshi olib borgan faoliyatlarining olqishga sazovor deb topganliklarini ham qayd etgan.

Aliyev shuningdek,

“Har tarmoqda bo‘lganidek Covid – 19 ga qarshi kurashda ham Ozarbayjon bilan Turkiya ‘Bir millat, ikki davlat’ degan shiorga tayanmoqda. Mushtarak say – harakatlarimiz bilan Covid – 19 ni yengishimizga ishonchim komil. Shaxsim va Ozarbayjon xalqi nomidan qardosh Turkiya Respublikasi tomonidan yuborilgan gumanitar yordam uchun sizga chuqur minnatdorchilik bildiraman. Bu, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi qardoshlik va do‘stlik munosabatlarining ochiq – oydin o‘rnagi hisoblanadi. Sizga sog‘lik va ishlaringizda rivoj tilayman. Qardosh Turkiya xalqiga ise doimo farovonlik va tinchlik tilab qolaman.” degan.

Eslatib o‘tamiz,

Prezident Erdo‘g‘anning buyurug‘i bilan Ozarbayjonga tunov kuni 30 dona sun’iy nafas olish jihozi, 55 ming dona virusdan himoya qiluvchi halat, 50 ming dona N95 rusumidagi niqob, 100 ming dona jarrohiy niqob, 5 ming dona ko‘z o‘ynak, 200 ming dona qo‘lqop va 40 ming quti turli dori –darmon o‘rin olgan tibbiy yordam ashyosi yuborilgandi.



Aloqador xabarlar