Aliyev, "Tog’lik Qorabog’ masalasida haligacha e’tiborga molik natija olinolmadi".

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Rossiyaga bo’lgan tashrifi chog’ida Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashdi.

1316829
Aliyev, "Tog’lik Qorabog’ masalasida haligacha e’tiborga molik natija olinolmadi".

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Tog’lik Qorabog’ masalasida haligacha e’tiborga molik natija olinolmaganligini qayd etdi.

Aliyev, Rossiyaga bo’lgan tashrifi chog’ida Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashdi.

Ozarbayjon prezidentlik apparati tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko’ra Aliyev, 2019-yilning Rossiya-Ozarbayjon savdo munosabatlari jihatidan samarali yil bo’lganligini, yilning oxirigacha savdo hajmidagi ortishning 25 foizni tashkil etishini belgilab o’tgan.

Transport tarmog’ida ham yaxshi natijalar olganligini, yaqinda Samur daryosi ustida qurilgan ko’prikning ochilishini eslatib o’tgan Aliyev, Rossiya-Ozarbayjon munosabatida dinamizmning himoya qilinganligini yetkazgan.

Tog’lik Qorabog’ masalasiga ham to’xtalgan Aliyev bu haqida,

“Afsuski bu borada e’tiborga molik natija olinolmadi. Buning eng buyuk sababi Armaniston yetakchiligining samarasiz siyosati, ayniqsa Qorabog’ning Armanistonga oid ekanligi haqidagi bayonotlaridir. Bu g'alati bayonotga ham siz, (Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Minsk guruhini nazarda tutgan holda) ham da boshqa davlatlarning hamraislari tomonidan maqul javob berilganligi meni xursand qildi. Biz Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Minsk guruhining hamraislari bilan hamkorlikni davom ettiramiz. Yaqinda Ozarbayjon va Armaniston Tashqi ishlar vazirlari o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tadi. Muzokara jarayonida faol ishtirok etishingizga ishonchim komil” degan ifodalarga o’rin berdi.

Tashqi ishlar vaziri Lavrov ham Rossiya va Ozarbayjon o’rtasidagi savdo hajmining jadal rivojlangan holda, bu yil 3 milliard AQSh dollariga yetishini qayd etdi.

Rossiyaning Ozarbayjonga to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarining 1.5 milliard AQSh dollarini tashkil etishini eslatib o’tgan Lavrov, Ozarbayjonda Rossiyaga qarashli 300 dan ortiq firmaning faoliyat olib borayotganligini ifoda etdi.

Tog’lik Qorabog’ muammosining siyosiy yo’llar orqali hal qilinishi uchun yana ko’p faoliyatlar olib borilishi kerakligini ta’kidlagan Lavrov, tomonlarning BMT nizomi, Xelsinki yakunlovchi aktidagi maqsad va prinsiplariga qarshi munosabatdan uzoq turishi kerakligini bildirdi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar