Aliyevning, Covid-19ga qarshi global miqyosda kurashish masalasidagi taklifi qabul qilindi

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning, Covid-19ga qarshi global miqyosda kurashish masalasidagi taklifi qabul qilindi.

1447109
Aliyevning, Covid-19ga qarshi global miqyosda kurashish masalasidagi taklifi qabul qilindi

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) ga qarshi global miqyosda kurashish masalasi qo‘lga olinadigan maxsus majlis o‘tkazish taklifi, dunyoning 130 dan ortiq davlati tomonidan qabul qilindi.

Ozarbayjon Respublikasi Prezidentlik apparatining Tashqi siyosat masalalarini boshqarish bo‘limi raisi Hikmet Hajiyev, Prezident Ilhom Aliyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasining Covid – 19 ga qarshi kurash masalasini qo‘lga oluvchi maxsus majlis uyushtirishi haqidagi taklifining, dunyoning 130 dan ortiq davlati tomonidan qabul qilinganini bildirdi.

Covid – 19 ga qarshi kurash masalasidagi global birdamlikning yetarli emasligini, mamlakatlar o‘rtasidagi turli ko‘z qarashlarning kurashga to‘siqlik qilayotganini eslatib o‘tgan Hajiyev,

“Aliyev global birdamlik uchun huddi shunday tashabbus bilan chiqdi. Yig‘ilishning eng qisqa vaqt ichida uyushtirilishidan umidvormiz. Dunyo, tezlik bilan tig‘iz hamkorlik ichida bo‘lishi lozim” dedi.  


Tanlangan kalimalar: #Ozarbayjon , #Ilhom Aliyev , #BMT , #Covid - 19

Aloqador xabarlar