Armaniston bugun Lochinni Ozarbayjonga topshirishi kerak

Armanistonga 1992 – yili bosib olgan Lochin viloyatini 28 yil ortidan Ozarbayjonga topshirishi uchun ajratilgan vaqt bugun o‘z nihoyasiga yetmoqda.

1536916
Armaniston bugun Lochinni Ozarbayjonga topshirishi kerak

Armanistonga 1992 – yili bosib olgan Lochin viloyatini 28 yil ortidan Ozarbayjonga topshirishi uchun ajratilgan vaqt bugun o‘z nihoyasiga yetmoqda.

Ozarbayjon bilan Armaniston o‘rtasida Rossiyaning o‘rtamchiligida qo‘l qo‘yilgan o‘q uzishni to‘xtatish haqidagi kelishuvga muvofiq, avval Kalbajar va Ag‘damni boshatgan Armaniston, bugun Lochinni eng kech mahalliy vaqt bilan soat 24:00 ga qadar qaytarib beradi.   

Armaniston Qurolli kuchlari bilan birga mintaqaga keyinchalik noqonuniy ravishda joylashtirilgan arman xalqining ham Lochinni tark etishlari uchun bugun oxirgi kun.

Armaniston chegarasidagi Lochin viloyati, Tog‘li Qorabog‘ bilan Armaniston o‘rtasida yagona yo‘l hisoblanadi va “Lochin yo‘lagi” degan nom bilan atalgan ushbu yo‘l strategik ahamiyati tufayli 1990 – yillardagi urushda arman kuchlarining birinchi nishonlaridan biri bo‘ldi.   

Hankendi va Shusha ortidan Armaniston kuchlari 18 – mayda Lochinni bosib olgandi.

Shahr markazi, 1 ta shaharcha va 125 ta qishlog‘i bor Lochinda Armaniston ishg‘olidan oldin 65 mingdan ortiq ozarbayjonlik istiqomat qilar edi. Shuningdek, ishg‘oldan oldin Lochinda arman aholi soni hech qayd etilmagandi.

Ozarbayjon Qurolli kuchlari tomonidan 27 – sentabrda boshlatilgan amaliyotda 5 ta shahar markazi, 4 ta shaharcha va 286 ta qishloqning qutqarilishi ortidan Armaniston mag‘lubiyatni tan olib, bosib olingan Ag‘dam, Lochin va Kalbajar viloyatlarini ham boshatib berishni zimmasiga olgan kelishuvga qo‘l qo‘ygandi.  

Armaniston qo‘shini 20 – noyabrda Ag‘damdan, 25 – noyabrda esa Kalbajardan chiqib ketdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Tog‘li Qorabog‘ , #Lochin , #Armaniston

Aloqador xabarlar