Asadov, Turkiyaning iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash say-harakatlarini yuqori baholadi

Meteorologiya Bosh boshqarmasi tomonidan online tarzda “Turk dunyosi Meteorologiya forumi” uyushtirildi.

1587036
Asadov, Turkiyaning iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash say-harakatlarini yuqori baholadi

Ozarbayjon Bosh vaziri Ali Asadov, Turkiyaning yaqindagina iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha yangi loyihalari bayonini eslatib o‘tgan holda, bu vaziyatning Turkiyaning global isishga qarshi katta hissa qo‘shishini qayd etdi.

Meteorologiya Bosh boshqarmasi tomonidan online tarzda “Turk dunyosi Meteorologiya forumi” uyushtirildi.

Unda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, O‘zbekiston, Tojigiston va Turkmaniston nomidan vakillar ishtirok etdi.

Ozarbayjon Bosh vaziri Asadov unda so‘zlagan nutqida, Turkiyaning iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash say - harakatlarini yuqori baholadi.

Turkiyaning anchadan beri bu xuxusda yangi maqsad ila yo‘l xaritasi bayon etganini yodga solgan Asadov,

“Buning Turkiyaning global isinishga qarshi kurash masalasiga hissa qo‘shishiga ishonchimiz komil. Turk tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarning birlik va qardoshligi ham mamlakatlarimiz, ham da haq - huquqimiz, qolaversa mintaqa uchun muhimdir”. - dedi.

Uzoq yillardan beri bu birlikni namoyon etganliklariga e’tibor qaratgan Asadov, Yuqori Qorabog‘da Ozarbayjon Qurolli kuchlarining g‘alabasi bilan natijalangan 44 kunlik urushda Ozarbayjonni manaviy jihatdan qo‘llab - quvvatlagan Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, vitse - prezident Fuat Oktay va turk xalqiga minnatdorchilik bildirdi.

 



Aloqador xabarlar