Bilol Erdo’g’an Ozarbayjonda Ilhom Aliyev tomonidan qabul qilindi

Butunjahon Etnosport konfederatsiyasi rahbari Bilol Erdo’g’an Ozarbayjonda.

1307358
Bilol Erdo’g’an Ozarbayjonda Ilhom Aliyev tomonidan qabul qilindi

Jahonning Diniy liderlarining ikkinchi sammitida ishtirok etish uchun hozirda Ozarbayjonda bo’lgan Butunjahon Etnosport konfederatsiyasi rahbari Bilol Erdo’g’an Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan qabul qilindi.

Qabul chog’ida Bilol Erdo’g’an Aliyevga Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anning salomlarini yetkazdi.

Ilhom Aliyev ham Jahon Diniy liderlarining Bokudagi ikkinchi sammitida Turkiyaning faol ishtirokidan xursand ekanligini bildirdi.

Aliyev shuningdek ikkala mamlakat o’rtasidagi do’stlik munosabatlarining muvaffaqiyatli ravishda mustahkam tus olishiga ishonchi komil ekanligini qayd etdi.

Uchrashuvda ikkala qardosh mamlakat munosabatlarinnig tar tarmoqda o’sishi masalasida qarorlik ta’kidlandi.



Aloqador xabarlar