Bugun Turk kengashining Budapeshtdagi ofisi xizmatga ochildi

Bugun Turk kengashi (Turk tilida so’zlashuvchi mamlakatlar hamkorligi kengashi) ning Budapeshtdagi ofisi tantanali ravishda xizmatga ochildi.

1272868
Bugun Turk kengashining Budapeshtdagi ofisi xizmatga ochildi
Turk kenesi macaristan2.jpg
Turk kenesi macaristan1.jpg

Vengriya poytaxti Budapeshtda Turk kengashi (Turk tilida so’zlashuvchi mamlakatlar hamkorligi kengashi) ofisi xizmatga ochildi.

Vengriya poytaxti Budapeshtda bugun uyushtirilgan ochilish marosimida Turkiya nomidan Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li, Vengriya nomidan Tashqi ishlar va tashqi savdo vaziri Peter Szijjarto, Qirg’iziston Tashqi ishlar vaziri Ching’iz Aydarbekov, Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Elmar Mammadyarov, Qozog’iston Tashqi ishlar vaziri Muhtar Tleuberdi va Turk kengashi Bosh kotibi Bag’dad Amrayev ishtirok etdi.

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li mazkur marosimda so’zlagan nutqida,

“Bugun Turk tilida so’zlashuvchi xalqlar uchun, biz uchun ajoyib bir kun. Chunki bu ofisning xizmatga ochilishi orqali Turk kengashining kuchiga-kuch qo’shiladi. Bir oila keng tus olmoqda. Ayniqsa bojxona, savdo va infratuzilma tarmoqlarida Turk kengashining roli alohida o’rin ega” dedi.

Turkiya va Vengriya o’rtasidagi munosabatlarning a’lo darajada ekanligini eslatib o’tgan Chavusho’g’li, bu orqali Vengriyaning eski an’analarni qayta tiklash borasida muhim rolni o’z zimmasiga olganligini ham o’z so’ziga ilova etdi.  

Turk kengashi ofisining Budapeshtda ochilishining Vengriya bilan bir xil qadriyatlarning bo’lishilganligining ko’rsatkichi ekanligini ham ta’kidlagan Mevlut Chavusho’g’li,

“Turk kengashi nafaqat Turk davlatlari bilan balki Vengriya bilan bo’lgan munosabatlarni ham mustahkamlaydi. Ofisning Turk dunyosi, Yevropa xalqlari va tashkilotlari o’rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashiga, ikkita mintaqada faoliyat olib borgan ishbilarmonlar o’rtasidagi hamkorlikni orttirishiga ishonchim komil” degan ifodalarga o’rin berdi.

Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Mammadyarov esa Vengriyaning Turk kengashi bilan bo’lgan munosbatlarini mustahkamlash maqsadida tashlagan qadamlaridan xursand ekanligini qayd etdi.  

Vengriya Tashqi ishlar va tashqi savdo vaziri Peter Szijjarto ham yurtining har doim sharq va g’arbning hamkorligi uchun faoliyat olib borganligini va Turk kengashining Budapeshtda ofis ochish haqidagi qarorining buning dalili ekanligini aytib o’tdi.

Qirg’iziston Tashqi ishlar vaziri Ching’iz Aydarbekov, Budapesht ofisining Turk kengashi va Vengriya o’rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash uchun foydali bo’lishiga ishonchi komil ekanligini bildirdi.

Qozog’iston Tashqi ishlar vaziri Muhtar Tleuberdi esa Vengriyaning Turk kengashiga o’tgan yili kuzatuvchi a’zo sifatida bog’langanligini bugun esa Yevropada Turk kengashining ofisining ochilganligini ta’kidladi.

Turk kengashi Bosh kotibi Bag’dad Amrayev so’zlagan nutqida, Budapeshtda ochilgan ofis orqali Turk kengashining yana-da kengayib, kuchiga-kuch qo’shilganligini va bugunning tarixiy bir kunga aylanganligini qayd etdi.



Aloqador xabarlar