Bugun Turk tilida so’zlashuvchi mamlakatlarning hamkorlik kuni nishonlanmoqda

Turk tilida so’zlashuvchi mamlakatlar kengashiga 2009-yilning 3-oktabri kuni Ozarbayjonning Naxchivon shahrida asos solingan.

1281057
Bugun Turk tilida so’zlashuvchi mamlakatlarning hamkorlik kuni nishonlanmoqda

Turkiyaning qayd etishicha Turk tilida so’zlashuvchi mamlakatlarning hamkorlik kuni birlik, birdamlik va hamjihatlik mustahkam tus olgan davrda nishonlamoqda.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda Turk tilida so’zlashuvchi mamlakatlar kengashiga 2009-yilning 3-oktabri kuni Ozarbayjonning Naxchivon shahrida asos solingani eslatib o’tildi.  

Shartnomaga Turkiya, Ozarbayjon, Qozog'iston va Qirg'iziston o’rtasida qo’l qo’yilganligi va unga asos solingan kunning har yili “Turk tilida so’zlashuvchi mamlakatlarning hamkorlik kuni” sifatida nishonlanganligi belgilab o’tilgan bayonotda shuningdek,

“Turk tilida so’zlashuvchi mamlakatlarning hamkorlik kunining o’ninchi yilligini 15-oktabr kuni Ozarbayjon poytaxti Bokuda uyushtiriladigan Turk kengashining VII Sammitida O’zbekistonning ham toliq a’zoligiga va Turk kengashining Yevropadagi ofisining o’z faoliyatini boshlashiga biz guvoh bo’lgan birlik, birdamlik va hamjihatlik mustahkam tus olgan davrda nishonlayapmiz” degan ifodalarga o’rin berildi.

Ortda qolgan 10 yil davomida Turk kengashining institutsional bazasini yaratish uchun muhim shaxdam qadamlar tashlanganligiga e’tibor qaratilgan bayonotda,

“Kengash bilan hamkorlik ichida faoliyat olib borgan TÜRKPA, TÜRKSOY, Turk akademiyasi, Turk madaniyati va merosi jamg'armasi, Turkiya ishbilarmonlik kengashi va Turk kengashi qo'shma savdo-sanoat palatasi orqali a’zo davlatlar o’rtasidagi munosabatlar yanada kengroq zaminga o’rnatildi. Do’st va qardosh Turk respublikalarining mushtarak til, tarix va madaniyatidan kuch olgan Turk kengashi Yevroosiyo hududida tinchlik, barqarorlik va farovonlikka muhim hissalar qo’shish maqsadida kelajak tomon yo’l olmoqda” deyildi.

Aytib o’tish joizki Turk kengashi 2009-yilning 3-oktabri kuni Qozog’iston Respublikasining ana shu davrdagi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan tashkil topkan edi.

 

 

 



Aloqador xabarlar