Chavusho‘g‘lu barqaror va xavfsiz transport liniyalarining ahamiyatiga e’tibor qaratdi

Mevlut Chavusho‘g‘lu Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov va Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri Muhtar Tileuberdi bilan Bokuda uyushtirilgan yig‘ilish ortidan uyushtirilgan mushtarak matbuot anjumanida gapirdi.

1848774
Chavusho‘g‘lu barqaror va xavfsiz transport liniyalarining ahamiyatiga e’tibor qaratdi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu, Rossiya-Ukraina urushi tufayli g‘alla yuklangan tankerlarning portlarni tark eta olmagani haqida:

“Bu inqirozda barqaror va xavfsiz transport liniyalarining qanchalik muhimligiga yana bir bor guvoh bo‘ldik”.-dedi.

Mevlut Chavusho‘g‘lu Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov va Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri Muhtar Tileuberdi bilan Ozarbayjon poytaxti Bokuda uyushtirilgan Turkiya-Ozarbayjon-Qozog‘iston tashqi ishlar va transport vazirlari yig‘ilishi ortidan uyushtirilgan mushtarak matbuot anjumanida gapirdi.

Chavusho‘g‘lu uch tomonli formatdagi yig‘ilishning birinchi marotaba uyushtirilgani, unda transport masalalaridan tashqari mintaqaviy masalalarning muhokama qilinganini qayd etdi.

Ukraina-Rossiya urushi tufayli yuzaga kelgan g‘alla savdosi muammolariga to‘xtalgan Chavusho‘g‘lu:

Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan muammoni hal qilishga harakat qilyapmiz. Bu inqirozda barqaror va xavfsiz transport liniyalarining qanchalik muhimligiga yana bir bor guvoh bo‘ldik.

Shu bois milliy va mintaqaviy salohiyatimizni oshirish uchun katta sarmoya kiritdik, kiritishni davom etyapmiz. Boku-Tbilisi-Kars temir yo‘li, Baku-Tbilisi-Jayxun quvur liniyasi va TANAP kabi loyihalar mintaqamizning qiyofasini o‘zgartirdi”.-dedi.

Turkiyaning Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi jarayonni qo‘llab-quvvatlashiga e’tibor qaratgan Mevlut Chavusho‘g‘lu:

“Ozarbayjonning gʻarbiy viloyatlari bilan Naxchivonni bogʻlovchi Zangazur yoʻlagini qatʼiy qoʻllab-quvvatlaymiz va yoʻlak tezroq ochilishini kutyapmiz”.-deya gapirdi.

Boshqa tomondan Turkiya-Ozarbayjon-Qozog‘iston tashqi ishlar va transport vazirlarining birinchi yigʻilishida Transkaspiy Sharq-Gʻarbiy yoʻlagi salohiyatini rivojlantirish masalasi qoʻlga olindi.

Uch davlat hay’atining yigʻilishi ortidan Chavushoʻgʻlu, Bayramov va Tileuberdi Boku deklaratsiyasini imzoladi.

 



Aloqador xabarlar