Chavusho’g’lu, “Turk dunyosi hamkorligining oyoq izlari Yevropa tomon yo’l oldi”.

Mevlut Chavusho’g’lu Ozarbayjon poytaxti Bokuda uyushtirilgan Turk tilida so’zlashuvchi davlatlar hamkorlik kengashining (Turk kengashi) Tashqi ishlar vazirlari yig’ilishida nutq so’zladi.

1287914
Chavusho’g’lu, “Turk dunyosi hamkorligining oyoq izlari Yevropa tomon yo’l oldi”.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lu Turk tilida so’zlashuvchi davlatlar o’rtasidagi hamkorlik izlarining Yevropa tomon yo’l olganligini qayd etdi.

Mevlut Chavusho’g’lu Ozarbayjon poytaxti Bokuda uyushtirilgan Turk tilida so’zlashuvchi davlatlar hamkorlik kengashining (Turk kengashi) Tashqi ishlar vazirlari yig’ilishida nutq so’zladi.

Turk kengashining Vengriya poytaxti Budapeshtdagi ofisining ochilishini katta muvaffaqiyat deb baholagan Chavusho’g’lu,

“Hamkorligimizning izlari Yevropa tomon yo’l oldi. Budapeshtdagi ofisimiz, hamkorligimizni nafaqat kuzatuvchi a’zomiz bo’lgan Vengriya va vengr xalqi bilan balki boshqa Yevropa davlatlari bilan ham mustahkamlaydi” degan ifodalarga o’rin berdi.  

Chavusho’g’lu Turk kengashining muhim mintaqaviy tashkilotga aylanganligini, navbatdagi sammitning deklaratsiya loyihasida hamkorlikning mavjud salohiyatini o’rtaga chiqargan muhim natijalarning borligini ta’kidlagan holda, Turk Sanoat va savdo palatasining ham tashkil etilishining ahamiyatiga e’tibor qaratdi.

Turk kengashi tarkibidagi davlatlarning tinchlik va barqaror maydon yaratganligini lekin xavflarga qarshi dahlsiz emasligini belgilab o’tgan Chavusho’g’li,

“Xalqaro tashkilotlar ham doxil tashqi siyosat va xavfsizlik masalalarida hamkorlik qilishimiz darkor” dedi.

Tashqi ishlar vaziri Chavusho’g’lu axborot, telekommunikatsiya, e-devlet (fuqarolarga davlat xizmatlarini elektron ko'rinishda taqdim etish) va kiber xavfsizlikning ham yaqin hamkorlik talab qilgan muhim masalalardan biri ekanligini ta’kidladi.

Turk dunyosida muhim ikkita dolzarb masala borligini eslatib o’tgan Chavusho’g’li, “Qardosh Ozarbayjon tuprog’ining beshdan bir bo’lagining Armaniston tomonidan bosib olinishi Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an tomonidan ham tez-tez ta’kidlanganidek, qabul qilinmay turgan darajada noto’g’ridir” dedi.

Ikkinchi masalaning esa Kipr ekanligini ta’kidlagan Chavusho’g’lu, muammo siyosiy yo’llar orqali hal qilingunga qadar Kipr turklarining qonuniy haq va huquqlarini himoya qilishlari kerakligiga e’tibor qaratdi.  

Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Elmar Mammedyarovning mezbonligidagi yig’ilishga Qozog’iston Tashqi ishlar vaziri Muhtar Tleuberdi, Qirg’iziston Tashqi ishlar vaziri Ching’iz Aydarbekov, O’zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov, Vengriya Tashqi ishlar va tashqi savdo vaziri Peter Szijjarto va Turk kengashi Bosh kotibi Bog’dod Amrayev ham ishtirok etdi.

 

 



Aloqador xabarlar