Covid-19 bo‘yicha O‘zbekistondagi eng yuqori ko‘rsatkich ma'lum qilindi

O‘zbekistonda kecha Covid-19 kasalligi va o‘lim holati bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich qayd etildi.

1452515
Covid-19 bo‘yicha O‘zbekistondagi eng yuqori ko‘rsatkich ma'lum qilindi

Kecha 9 – iyul kuni O‘zbekistonda yangi turdaki koronavirus (Covid - 19) infeksiyasi bo‘yicha 472 holat aniqlangan. Ulardan 275 nafari karantin muassasalarida, 190 nafari aholi orasida, 7 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari o‘rasida qayd etilgan. Bu haqida, mamlakatning Sog‘likni Saqlash vazirligi rasmiy veb saytida ma’lumot tarqatdi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra kecha Toshkent shahrida 2 nafar, Buxoro viloyatida ham 2 nafar (shundan 1 nafari afg‘onistonlik), Jizzax va Surxandaryo viloyatlarida esa 1 nafardan, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etgan.

Shu bilan birga, avval ham xabar qilinganidek kecha Toshkent shahri, Samarqand, Namangan va Buxoro viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida 227 nafar fuqaro sog‘aygan.

Shuningdek, kasallik qayd etilgan jami 11 564 nafar bemordan 7287 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 63 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 4226 nafar bemordan 42 nafari og‘ir, 10 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.



Aloqador xabarlar