Ilhom Aliyev Prezident Erdo‘g‘anni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘anni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.

1590604
Ilhom Aliyev Prezident Erdo‘g‘anni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘anni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.

Ozarbayjon Prezidentlik apparati tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra Aliyev Erdo‘g‘anga tabrik maktubi yo‘llab, Turkiyaning farovonligi uchun qilgan faoliyatlarida muvaffaqiyat va sog‘lik - salomatlik tilagan.

Aliyev maktubida, Turkiyaning muhim ijtimoiy - iqtisodiy va ilmiy yutuqlar qayd etgan holda global miqyosda mustaqil siyosat kuzatgan kuch markaziga aylangani, bu muvaffaqiyatlarning Erdo‘g‘anning mehnati natijasida qo‘lga kiritilganini ta’kidlagan.

Xalqlarining irodasi va “Bir millat, ikki davlat” prinsibiga tayangan Ozarbayjon - Turkiya munosabatlarining bugungi kunda eng oliy darajaga chiqqanidan faxrlanganini yodga solgan Aliyev, o‘z so‘zida quyidagi ifodalarga o‘rin bergan:

“Do‘stlik va qardoshlikka tayangan davlatlararo munosabatimizni bu saviyaga ko‘tarishda shaxsan sizning tengsiz rolingiz bor. Ko‘p qirrali o‘zaro munosabatimiz va strategik ittifoqimizni yana - da mustahkamlashdagi qat’iy qarorimiz, Ozarbayjonning qadimiy tuproqlarining ishg‘oldan qutqarilishida har jihatdan bergan ochiq - oydin va hech ikkilanmagan manaviy va siyosiy yordamingiz, xalqimiz tomonidan bebaho deb topilmoqda.

Har tarmoqda keng ko‘lamli, samarali va faol hamkorligimizning xalqaro aloqalarda o‘zaro ishonch va yordamga tayangan izchil o‘rnimiz va faoliyatlarimizning mamlakatlarimiz rivoji va xalqimiz farovonligiga xizmat qilishga davom etishiga ishonchim komil”.

 



Aloqador xabarlar