Mirziyoyev bugun Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosarini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev bugun Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari Serdar Berdimuhamedovni qabul qildi.

1764033
Mirziyoyev bugun Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosarini qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun amaliy tashrif bilan Toshkent shahrida bo‘lib turgan Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari Serdar Berdimuhamedovni qabul qildi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra uchrashuv avvalida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlari keyingi yillarda izchil rivojlanib borayotganini alohida mamnuniyat bilan qayd etgan.

Yuqori martabali mehmon qabul uchun samimiy minnatdorlik bildirib, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan hamda Turkmaniston yetakchisining barcha yo‘nalishlarda jadal rivojlanib borayotgan Turkmaniston-O‘zbekiston aloqalariga yuksak baho berilgan maktubini topshirgan.

Qayd etilishicha unda Turkmaniston rahbari ikki mamlakatning xalqaro siyosat va mintaqaviy munosabatlar borasidagi pozitsiyalari yaqin va o‘xshashligini alohida qayd etgan.

Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi ko‘rib chiqilgan.

O‘zaro savdo hajmini oshirish, sanoat, energetika, suv va qishloq xo‘jaligi sohalarida yangi kooperatsiya loyihalarini ro‘yobga chiqarish hamda ikki mamlakat tranzit salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash masalalari va bu boradagi amaliy chora-tadbirlarga alohida eʼtibor qaratilgan. Hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni rivojlantirish muhim ekani taʼkidlangan.

 



Aloqador xabarlar