O’zbekiston ertadan boshlab Turk kengashining rasmiy a’zosiga aylanadi

Ozarbayjon poytaxti Bokuda ertaga Turk kengashi Davlat rahbarlarining yettinchi sammiti bo’lib o’tadi.

1287606
O’zbekiston ertadan boshlab Turk kengashining rasmiy a’zosiga aylanadi

Ozarbayjon poytaxti Bokuda Turk tilida so’zlashuvchi davlatlar hamkorlik kengashi (Turk kengashi) Davlat rahbarlarining navbatdagi sammiti bo’lib o’tadi.

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning mezbonligida ertaga bo’lib o’tadigan sammitda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an, Qozog’iston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev, Qirg’iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov, O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Turk kengashining kuzatuvchi a’zolaridan Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban va kengashga a’zo emasligiga qaramay Turkmanistonning Bosh vaziri Purli Agamuradov ishtirok etadi.

Sammit doirasida eng avvalo bugun Turk kengashiga a’zo davlatlarning Tashqi ishlar vazirlari o’rtasida yig’ilish o’tkaziladi. Unda Turkiya nomidan Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’lu qatnashadi.

Sammit doirasida “Kichik va o'rta biznesni rivojlantirish” deb nomlangan va a’zo davlatlarning iqtisodiyot vazirlari ishtirokida bugun Turk kengashi Biznes forumi ham bo’lib o’tadi. Huddi shu kuni Tashqi iqtisodiy aloqalar qo’mitasi (DEIK) tomonidan Jahon turk ishbilarmonlar kengashi yig'ilishi ham uyushtiriladi.

Ma’lum siyosiy tashvishlar tufayli uzoq yillardan beri Turk kengashi tarkibiga kirmagan O’zbekiston tomonidan yaqindagina kengashga a’zo bo’lish haqida qabul qilingan qarorga ertaga rasmiy tus beriladi va O’zbekiston ertadan boshlab kengashning rasmiy ravishda a’zosiga aylanadi.

Sammit doirasida Qozog’iston Respublikasiga asos solgan sobiq Prezident Nursulton Nazarboyevga Turk dunyosini birlashtirish say-harakatiga qo’shgan hissasi uchun “Turk kengashining doimiy va faxriy rahbari” degan unvon taqdim etiladi.   

 



Aloqador xabarlar