O‘zbekiston hay'ati TurkPA yalpi majlisida ishtirok etadi

Tanzila Norboyeva boshchiligidagi O‘zbekiston hay'ati TurkPA yalpi majlisida ishtirok etadi

1847538
O‘zbekiston hay'ati TurkPA yalpi majlisida ishtirok etadi

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi hay’at, Turk tilida so‘zlashuvchi davlatlar Parlament assableyasining (TurkPA) XI yalpi majlisida ishtirok etadi. Bu haqida, “Dunyo” AA muxbiri ma’lum qildi.

Parlament yuqori palatasi maʼlumotiga tayangan ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi hay’at Qirg‘iziston Jogorku Keneshi Raisining taklifiga binoan «Parlament diplomatiyasi – ishonch va hamkorlik asosidir» mavzusida joriy yil 23-24 iyun kunlari Qirg‘izistonning Cho‘lpon-Ota shahrida bo‘lib o‘tadigan TurkPAning navbatdagi yalpi majlisida qatnashadi.


Tanlangan kalimalar: #Cho‘lpon-Ota , #TurkPA , #Tanzila Norboyeva

Aloqador xabarlar