Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov bo'ldi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nurdinjon Ismoilovning bilim va tajribasi, fidoyiligini taʼkidlab, uning va palataning ishiga muvaffaqiyatlar tiladi.

1344133
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov bo'ldi

 

Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisi boshlandi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

Majlisni Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulugʻbek Abdusalomov ochdi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi Qonunchilik palatasiga boʻlib oʻtgan saylov yakunlari toʻgʻrisida axborot berdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentiga muvofiq, quyi palata Spikerini saylash uchun Siyosiy partiyalar vakillari kengashi tuzildi. Mazkur kengashning taklifiga binoan, deputatlar yashirin ovoz berish yoʻli bilan Nurdinjon Ismoilovni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri etib sayladilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nurdinjon Ismoilovning bilim va tajribasi, fidoyiligini taʼkidlab, uning va palataning ishiga muvaffaqiyatlar tiladi.

Shundan soʻng majlisga raislik qilish vakolati Spikerga oʻtdi.

Eslatish joizki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga o’tkazilgan saylovlarda 150 o’rinli parlamentga O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan – 53 nafar, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan – 36 nafar, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan – 24 nafar, Xalq demokratik partiyasidan – 22 nafar, Ekologik partiyadan – 15 nafar deputat saylangandi.

 



Aloqador xabarlar