O‘zbekiston Respublikasi TIV Abdulaziz Kamilov bugun Mehmet Sureyya Erni qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov bugun Turkiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Mehmet Sureyya Erni qabul qildi.

1135871
O‘zbekiston Respublikasi TIV Abdulaziz Kamilov bugun Mehmet Sureyya Erni qabul qildi

Bugun 2019-yilning 30-yanvari kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Turkiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Mehmet Sureyya Erni qabul qildi. Bu haqida Tashqi ishlar vazirligining rasmiy veb-saytida ma’lumot berildi.

Mazkur ma’lumotga ko’ra Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov ishonch yorliqlari nusxasini qabul qilar ekan, Vazir Elchini tayinlov bilan samimiy qutlab, unga muvaffaqiyatlar tilagan.

Mehmet Sureyya Er qutlov uchun minnatdorchilik bildirib ortidan, ikkala mamlakat va xalq o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirishga munosib hissa qo‘shish uchun bundan avvalgi faoliyati, jumladan Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) prezidenti o‘rinbosari lavozimidagi barcha tajribasidan foydalanajagiga ishontirgan.

Suhbat chog‘ida ko‘p qirrali ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilingan.

O‘tgan yil bahorida bo‘lib o‘tgan Prezident Rajap Tayyib Erdo‘g‘anning O‘zbekistonga davlat tashrifi va Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan samarali muzokarasi, davlatlararo munosabatlarda yangi sahifa ochgani ta’kidlangan.

O‘zbekiston tomonining ma’lumotlariga ko‘ra, 2018-yili o‘zaro savdo aylanmasi hajmi 40 foizga o‘sib, 2 milliard 172 million AQSh dollarini tashkil etgan. Mamlakatga 75 mingga yaqin Turkiya fuqarolari tashrif buyurar ekan, bu raqamning o‘tgan yilga qaraganda deyarli ikki baravarga ko‘pligi kuzatilgan. Bu kabi ijobiy o‘zgarishning o‘zaro munosabatlarning boshqa sohalarida ham kuzatilayotganligi qayd etilgan.

Uchrashuvda shuningdek, boshlangan yildagi qo‘shma tadbirlar rejasi va kun tartibi yuzasidan fikr almashilgan. Ushbu tadbirlar orasida ikki davlat rahbarlarining raisligida Strategik hamkorlik bo‘yicha Oliy kengashning birinchi majlisi markaziy hisoblanib, shu nuqtayi nazardan, 2019-yilda O‘zbekiston-Turkiya siyosiy muloqotining asosiy voqeasiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilgan.



Aloqador xabarlar