O’zbekistonda Bosh vazir o’rinbosarlari soni qisqartirildi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qo’l qo’yilgan qarornomaga muvofiq Vazirlar kengashida Bosh vazir o’rinbosarlari soni 8 nafardan 5 nafarga tushirildi.

1138502

Mazkur qarornomaga ko’ra Bosh vazirning birinchi o’rinbosari Ochilboy Ramatov Transport vaziri sifatida ham ish olib boradi.

Qarornomaga ko’ra ta’lim, sog’liqni saqlash va turizmdan mas’ul Bosh vazir o’rinbosari Aziz Abduhokimov, Bosh vazir o’rinbosari va Moliya vaziri Jamshid Qochqorov va O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi raisi Bosh vazir o’rinbosari Tanzila Norboyeva hukumattagi o’rnini saqlab qoldi.

Alisher Sultonov esa Bosh vazir o’rinbosari lavozimidan ozod etib energetika vaziri lavozimiga tayinladi. Energetika vazirligi respublikaning yonilg’i-energetika majmuasiga bog’liq bo’lgan barcha masalalarni boshqaradi.

O’tgan hafta Prezident Mirziyoyev tomonidan qo’l qo’yilgan qarornomaga muvofiq Bosh vazir o’rinbosari Suhrob Holmurodov o’z vazifasidan ozod etilib, o’rniga Prezidentning maslahatchi o’rinbosari Elyor G’aniyev tayin qilingandi.

Aloqador xabarlar