O’zbekistonda bosh vazirlik uchun takror Abdulla Oripov nomzod deb ko’rsatildi

Saylovda g’alabani qo’lga kiritib Qonunchilik palatasidagi 150 deputatlik o’rindan 53 tasini qo’lga kiritgan Liberal-demokratik partiyasi, bosh vazirlik vazifasiga nomzod ko’rsatish uchun Siyosiy kengash yig’ilishi uyushtirdi.

1343082
O’zbekistonda bosh vazirlik uchun takror Abdulla Oripov nomzod deb ko’rsatildi

O’zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida eng ko’p deputatlik o’rniga ega bo’lgan O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi bosh vazirlik vazifasi uchun takror Abdulla Oripovni nomzod deb ko’rsatdi.

Saylovda g’alabani qo’lga kiritib Qonunchilik palatasidagi 150 deputatlik o’rindan 53 tasini qo’lga kiritgan Liberal-demokratik partiyasi, bosh vazirlik vazifasiga nomzod ko’rsatish uchun Siyosiy kengash yig’ilishi uyushtirdi.  

Partiya raisi Aktam Xaitov yetakchiligida yig’ilgan Siyosiy kengash bosh vazirlik vazifasi uchun takror Abdulla Oripovning nomzod etib ko’rsatilishini bir ovozdan qabul qildi.

Qonunlarga ko’ra Oripovning mazkur nomzodligi Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan tasdiqlanib parlamentga taqdim etilishi va Oripovning parlamnet a’zolarining yarmidan ko’pi tomonidan qo’llab-quvvatlanishi darkor.

Aytib o'tish joizki 2019-yilning 22-dekabri kuni O’zbekistonda Respublikaning Oliy majlisi Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlar deputatligiga saylovlar bo’lib o’tgandi. Unda Qonunchilik palatasidagi 150 deputatlik o’rin uchun O’zbekiston liberal-demokratik partiyasi 53, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi 36, Xalq demokratik partiyasi 27, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi 20 va Ekologik partiyasi 15 o’rinni qo’lga kiritgan.  

Bundan 4 yil muqaddam 2016-yilning dekabr oyida Mirziyoyevning prezident etib saylanishi ortidan liberal-demokratik partiyasi tomonidan nomzod etib ko’rsatilgan Abdulla Oripov, amalda ham Bosh vazirlik vazifasini yuritib kelmoqda.

 



Aloqador xabarlar