O‘zbekistonda Covid – 19 holati 10 838 nafarga yetdi

O‘zbekistonda, yangi turdagi koronavirus (Covid – 19) holati 10 838 nafarga yetdi.

1451337
O‘zbekistonda Covid – 19 holati 10 838 nafarga yetdi

2020 – yil 8 – iyul holatiga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10 838 (+ 168) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqida mamlakatning Sog‘likni saqlash vazirligi rasmiy veb saytida ma’lumot tarqatdi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra yangi kasallanish holatlarining 161 nafari Qashqadaryo viloyatida (shundan 127 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqatda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 34 nafari aholi orasida), 7 nafari Namangan viloyatida (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqatda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Ayni paytda O‘zbekistonda 6 811 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.

Qayd etilishicha hozirda mamlakatda 3 986 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 24 nafari og‘ir, 13 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.



Aloqador xabarlar