O‘zbekistonda doimiy aholi soni 35 milliondan oshdi

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotiga ko‘ra O‘zbekiston aholisi soni 35 milliondan oshdi.

1760415
O‘zbekistonda doimiy aholi soni 35 milliondan oshdi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi mamlakat aholisi bo‘yicha so‘nggi maʼlumotlarni eʼlon qildi.

Unga ko‘ra, 2022 yilning 1 yanvar holatiga respublikaning doimiy aholisi 35 million  271 ming  276 kishini tashkil etmoqda.

Shundan shahar joylarda 17 million 9 ming kishi, qishloq joylarida esa 17 million 4  ming  kishi istiqomat qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, yangi 2022 yilning ilk kunida 2 ming 316 nafar chaqaloq dunyoga  kelgandi. Bu so‘nggi besh yildagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Maʼlumot uchun 2018 yilning xuddi shu kuni 1 ming 961 nafar; 2019 yilda — 1 ming 708 nafar; 2020 yilda 1 ming 974 nafar; 2021 yilda esa 1 ming 644 nafar chaqaloq tug‘ilgan edi.



Aloqador xabarlar