O‘zbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni  8627 nafarga yetdi

O‘zbekistonda yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) infektsiyasi qayd etilganlar soni  8627 nafarga yetdi.

1446726
O‘zbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni  8627 nafarga yetdi

2020 – yil 1- iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni  8627 (+ 124) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqida O‘zbekiston Sog‘likni Saqlash vazirligi, rasmiy veb – sayti orqali ma’lumot berdi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra yangi kasallanish holatlarining 85 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 24 nafari Toshkent shahrida (shundan 11 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqatda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 13 nafari aholi orasida), 2 nafari Toshkent viloyatida (barchasi xalqaro yuk tashuvchi avtomobil haydovchisi), 5 nafari Buxoro viloyatida (shundan 1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqatda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida), 7 nafari Xorazm viloyatida (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqatda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari aholi orasida), 1 nafari Qoraqolpog‘iston Respublikasida aholi orasida aniqlangan.

Ayni paytda O‘zbekistonda 5682 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar (66 foiz) sog‘aygan.

Mamlakatda hozirda 2919 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.



Aloqador xabarlar