O‘zbekistonda, koronavirusga chalinganlarning 62 foizi dardiga darmon to‘pdi

O‘zbekistonda bugungacha yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) infeksiyasiga chalinganlarning 62 foizi dardiga darmon to‘pdi

1452191
O‘zbekistonda, koronavirusga chalinganlarning 62 foizi dardiga darmon to‘pdi

2020 – yil 9 – iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 11 447 (+ 188) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqida mamlakatning Sog‘likni saqlash vazirligi rasmiy veb saytida ma’lumot tarqatdi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra yangi kasallanish holatlarining 104 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan), 56 nafari Toshkent shahrida (barchasi aholi orasida), 4 nafari Samarqand viloyatida (barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqatda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida), 24 nafari Qoraqolpog‘iston Respublikasida (shundan 14 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqatda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 10 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Shuningdek, bugun poytaxtdagi Virusologiya ilmiy – tekshirish instituti klinikasida 22 nafar bemor tuzalgan. Bu orqali, O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayib ketganlar soni 7 082 (+22) nafarga (62 foiz) yetgan.

Qayd etilishicha hozirda mamlakatda 4 316 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

 



Aloqador xabarlar