O'zbekistondan xabarlar 16-qism

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatga amaliy tashrif bilan kelgan Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi tashqi ishlar vazirining o`rinbosari Alan Dunkanni qabul qildi.

1185513
O'zbekistondan xabarlar 16-qism

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatga amaliy tashrif bilan kelgan Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi tashqi ishlar vazirining o`rinbosari Alan Dunkanni qabul qildi.

Uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev mehmonni samimiy qutlar ekan, keyingi yillarda O`zbekiston va Buyuk Britaniya o`rtasidagi ko`p qirrali munosabatlar jadal rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

O`z navbatida, Alan Dunkan ko`rsatilgan mehmondo`stlik uchun Prezident Shavkat Mirziyoyevga samimiy minnatdorlik bildirib, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Tereza Meyning salomi va eng ezgu tilaklarini etkazdi.

Alan Dunkan O`zbekistonda davlat boshqaruvining barcha sohalari va iqtisodiyot tarmoqlarini qamrab olgan keng ko`lamli islohot va yangilanishlar mamlakatlar o`rtasidagi har tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilayotganini ta`kidladi.

Uchrashuvda 2018 yil yakunlariga ko`ra o`zaro savdo hajmining keyingi 10 yildagi eng yuqori o`sish ko`rsatkichga erishganligi qayd etildi.

Uchrashuvda ikki tomonlama amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash, Britaniyaning to`g`ridan-to`g`ri investitsiyalarini, ilg`or tajriba va texnologiyalarini jalb qilgan holda qo`shma loyihalarni amalga oshirishga ko`maklashishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar, jumladan, Markaziy Osiyoda yaxshi qo`shnichilik va sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, shuningdek, Afg`onistondagi vaziyatni tez fursatda tinch yo`l bilan hal etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv so`ngida O`zbekiston va Buyuk Britaniyaning mamlakatlar o`rtasidagi o`zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash borasida intilishi qat`iy ekani alohida qayd etildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev 14-15 aprel kunlari davlat tashrifi bilan O'zbekistonda bo'ldi.

Oliy martabali mehmon uchun Ko`ksaroy Qarorgoxida rasmiy kutib olish marosimi bo'lib o'tdi.

Marosimdan so`ng davlat rahbarlari tor doirada uchrashuv o`tkazdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Qasim-Jomart Toqaev muzokaralarni kengaytirilgan tarkibda davom ettirdilar. Unda ikki mamlakat vazirliklari va yirik kompaniyalari rahbarlaridan iborat delegatsiyalar a`zolari ishtirok etdi.

Uchrashuvda Prezident Shavkat Mirziyoyev, Qozog`iston rahbarini O`zbekistonga tashrifi bilan qutlab, bu tashrif keyingi yillarda ancha faollashgan siyosiy muloqotlarning izchil davomi ekanini ta`kidladi.

– "Qozog`iston Respublikasi Prezidenti sifatida ilk davlat tashrifingizni O`zbekistonga amalga oshirganingizni yuqori baholaymiz. Buni mamlakatlarimiz o`rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga qat`iy intilish ifodasi deb bilamiz. Qozog`iston biz uchun yaqin qo`shni, strategik sherik. Hamkorligimizning barcha yo`nalishlari bo`yicha ijobiy dinamikaga erishilayotganidan mamnunmiz", – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Qozog`iston Prezidenti O`zbekistonga taklif uchun davlat rahbari Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirib, ikki davlat o'rtasidagi yuqori darajadagi munosabatlarini davom ettirishni o'zining asosiy vazifasi deb bilishini ta'kidladi.

Uchrashuvda 2 mamlakat o`rtasidagi do`stlik va yaxshi qo`shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo, transport, sanoat kooperatsiyasi, turizm va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Mintaqada tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, Afg`onistondagi vaziyatni tinch yo`l bilan hal etishga ko`maklashish masalalariga ham e`tibor qaratildi.

Muzokaralarda transport, logistika, sanoat kooperatsiyasi sohalarida qo`shma loyihalarni amalga oshirish bo`yicha kelishuvlarga erishildi.

Muzokaralar yakunida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev Qo`shma bayonotni qabul qildilar. Soliq rezidentligini tasdiqlovchi rasmiy hujjatlarni tan olish tartibi, O`zbekiston va Qozog`istonda faoliyat yuritayotgan ikki mamlakat fuqarolarining mehnat huquqlarini himoya qilish to`g`risida bitimlar, “Markaziy Osiyo” savdo-iqtisodiy hamkorlik markazini tashkil etish to`g`risida memorandum  va boshqa sohalarga oid kelishuvlar imzolandi.

Shuningdek, Tashqi ishlar vazirliklari o`rtasida 2019-2020 yillarga mo`ljallangan hamkorlik dasturi, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mita hamda Qozog`iston Respublikasi Axborot va ijtimoiy rivojlanish vazirligi o`rtasida hamkorlik to`g`risida memorandum qabul qilindi.

Muzokaralar yakunida ikki davlat raxbarlari ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing o'tkazdi.

Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqaevning mamlakatga tashrifi doirasida "O`zbekiston" xalqaro anjumanlar saroyida O`zbekistonda Qozog`iston yilining rasmiy ochilish marosimi bo`ldi.         

Toshkentda O'zbekiston-Turkiya biznes - forumi bo'lib o'tdi.

Turkiya Tashqi İqtisodiy Aloqalar Kengashi (DEİK) xuzuridagi O'zbekiston - Turkiya Biznes Kengashi va O'zbekiston Savdo - Sanoat Palatasi bilan xamkorlikda tashkil etilgan Turkiya - O'zbekiston biznes forumida turli sohalarda faoliyat ko'rsatayotgan 40 dan ziyod Turk ishbilarmonlari xamda O'zbekiston rasmiylari va biznes vakillari ishtirok etdi.

Forumda so'zga chiqqan O'zbekiston Savdo - Sanoat palatasi vitse-prezidenti Islom Jasimov forumning maqsadi ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishdan iborat ekanini ta'kidladi.

Jasimov, O'zbekiston bugun ochiq va oshkora iqtisodiy siyosatni olib borayotganini aytar ekan, Ozbekistonning mehnatkash xalqi va arzon xom-ashyosi mavjudligiga urg'u berdi.

Jasimov, Turkiyalik ishbilarmonlar bilan mamlakatda katta ishlarni amalga oshirishni amalga oshirish niyatida ekanliklarini ta'kidladi.

O'zbekiston - Turkiya Ishbilarmonlar Kengashi Raisi Izzat Ekmekchibashi O'zbekiston - Turkiya Biznes Kengashi faoliyati haqida ma'lumot berdi.

Ekmekchibashi, Turkiya Tashqi İqtisodiy Aloqalar Kengashining 34 yildan beri faoliyat yuritayotgan Turk xususiy sektorini ixtiyoriy asosda birlashtirgan faol va ta'sirchan biznes platforma ekanligini ta'kidladi.

Ekmekchibashi, Yevroosiyodagi eng ko'p turk investitsiyalariga ega bo'lgan davlatlardan biri bo'lgan O'zbekiston Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi mamlakatlari bilan erkin savdo bitimini imzolaganligini eslatdi.

Biznes - forumda turk ishbilarmonlari mamlakatdagi biznes va investitsiya muhiti, mamlakatdagi imkoniyat va islohotlar haqida ma'lumotga ega bo'ldi.

Biznes - forum doirasida O'zbekiston va Turkiya ishbilarmonlari ikki tomonlama uchrashuvlar o'tkazdilar.

İslom Jasimov biznes forum xaqida jumladan shunday dedi:

         

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #O'zbeksiton , #biznes - forumi

Aloqador xabarlar