O'zbekistondan xabarlar 38-qism

O`zbekiston va Tojikiston harbiylari ishtirokidagi strategik qo`mondonlik shtab mashg`ulotlari doirasidan o`rin olgan «Markaz — 2019» o`quv mashg`ulotlariga start berildi.

1272326
O'zbekistondan xabarlar  38-qism

O`zbekiston va Tojikiston harbiylari ishtirokidagi strategik qo`mondonlik shtab mashg`ulotlari doirasidan o`rin olgan «Markaz — 2019» o`quv mashg`ulotlariga start berildi.

17 sentyabr kuni Namangan viloyatidagi «G`urumsaroy» dala-o`quv maydonida O`zbekiston va Tojikiston harbiylari ishtirokidagi strategik qo`mondonlik shtab mashg`ulotlari doirasidan o`rin olgan "Markaz — 2019" o`quviga start berildi.

Bu haqda O`zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Ochilish marosimida so`zga chiqqan O`zbekiston Mudofaa vazirining birinchi o`rinbosari, Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig`i general-mayor Pavel Ergashev ushbu o`quv mashg`ulotlari davlatlar o`rtasidagi harbiy munosabatlarning mustahkamlanishiga hamda jangovar tayyorgarlikni oshirishda muhim o`rin tutishini ta`kidlab, o`quv-mashg`ulotlarida ishtirok etayotgan o`zbek va tojik harbiylariga muvaffaqiyat tiladi.

Tojikiston Quruqlikdagi qo`shinlar qo`mondonining birinchi o`rinbosari general-mayor Ixtiyor Oxunzoda Ne`matullo ham "G`urumsaroy" poligonida tashkillashtirilayotgan "Markaz — 2019" o`quv-mashg`ulotlarining O`zbekiston va Tojikiston harbiylarining hamkorligida tashlangan navbatdagi qadam bo`lishini aytib, tadbir tashkilotchilariga do`stona kutib olish tadbirlari uchun o`z minnatdorchiligi bildirdi.

Shundan son’g, O`zbekistonlik va tojikistonlik harbiylar o`quv-mashg`ulot doirasida beligilangan vazifalarni bajarishga kirishishdi.

Kunning ikkinchi yarmida Tojikistondan tashrif buyurgan mehmonlar uchun Qo`qon shahri tarixiy obidalari bo`ylab ekskursiya uyushtirildi. Unda qo`shni davlat harbiylari uzoq asrlik o`tmishimizdan so`zlovchi tarixiy majmualar va muzeylar bilan tanishishdi.

Rasmiy ochilish marosimidan so’ng, «G`urumsaroy» poligonida O`zbekiston va Tojikiston harbiy bo`linmalari tomonidan shartli ravishda janubiy sarhadlarga suqilib kirgan terrorchi guruhlarga qarshi hamkorlikdagi o`quv mashg`ulotlari boshlandi.

 

O`zbekiston futbol bo`yicha 19 yoshgacha bo`lgan futbolchilar o`rtasida Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi.

Kelasi 2020 yilning 14 - 31 oktyabr kunlari O`zbekistonda 19 yoshgacha bo`lgan futbolchilar o`rtasida Osiyo chempionati bahslari bo`lib o`tadi.

O`zbekiston Futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati kelgusi yil O`zbekistonning 19 yoshgacha bo`lgan futbolchilar o`rtasidagi qit`a chempionati final bosqichiga mezbonlik qilishini ma’lum qildi.

O`zbekiston Futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar qilishicha, “Kuala Lumpurda Osiyo Futbol Konfederatsiyasi Musobaqalar qo`mitasining yig`ilishida 19 yoshgacha bo`lgan futbolchilar o`rtasida Osiyo chempionati bahslarini qabul qilish uchun ariza bergan mamlakatlar ichida O`zbekiston nomzodi ma`qullandi. Shu tariqa, O’zbekiston o`z tarixida ilk bor mazkur yosh toifasidagi qit`a chempionatiga mezbonlik qiladigan bo`ldi.

2020 yilning 14 - 31 oktyabr kunlari O’zbekistonda bo’lib o’tadigan 19 yoshgacha bo`lgan futbolchilar o`rtasida Osiyo chempionatida yarim finalga yo’llanma olgan komandalar 2021 yilda bo’lib o’tadigan Jaxon Chempionatida ishtirok etish huquqini qo’lga kiritadi.

 

O`zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16 sentyabr kuni Rossiya Federal Majlisining Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Bu haqda O`zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev mehmonlarni samimiy qutlar ekan, oliy darajadagi muntazamlik kasb etgan samarali muloqot O`zbekiston va Rossiya o`rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlariga mutlaqo yangi sur`at bag`ishlash, ularni aniq mazmun bilan boyitishga xizmat qilganini qayd etdi.

Vyacheslav Volodin, o`z navbatida, samimiy qabul uchun Shavkat Mirziyoyevga chuqur minnatdorlik bildirdi hamda Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini etkazdi.

Uchrashuvda mamlakatlar o`rtasida siyosiy muloqotni yanada rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, ilmiy-texnik, ta`lim, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Faol parlamentlararo muloqotlar va almashinuvlarni, jumladan, O`zbekiston va Rossiya parlamentlari palatalari o`rtasida yo`lga qo`yilgan hamkorlik mexanizmlaridan samarali foydalangan holda davom ettirish muhimligiga alohida e`tibor qaratildi.

Qonun ijodkorligi faoliyatining turli masalalari bo`yicha yaqin sheriklikni yo`lga qo`yish, hududlararo aloqalar va istiqbolli kooperatsiya loyihalarini qo`llab-quvvatlash, ikki va ko`p tomonlama kelishuvlar, jumladan, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasida qabul qilingan bitimlarni amalga oshirishga ko`maklashish hamkorlikning ustuvor yo`nalishlari sifatida qayd etildi.

Vyacheslav Volodin O`zbekiston va Rossiya o`rtasidagi keng ko`lamli hamkorlikni har tomonlama mustahkamlash maqsadida parlamentlararo aloqalarni kengaytirishga intilishi qat`iy ekanini tasdiqladi.

Uchrashuv so`ngida yuqori martabali mehmon joriy yilda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy vakillik hokimiyati organlariga saylovlar muvaffaqiyatli o`tishini tiladi.

 

O'zbekistonning tarixiy Qo'qon shahrida 1.Xalqaro Hunarmandchilik Festivalining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston hukumati tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo'yicha tashkiloti - UNESCO ko'magida tashkil etilgan festivalning ochilish marosimida Prezident Shavkat Mirziyoyev, Butunjahon hunarmandchilik kengashi prezidenti Rozi Grinlis, Rossiya madaniyat vaziri Vladimir Medinskiy, Qozog'iston madaniyat va sport vaziri Aktuti Raimkulova, Turkmaniston Madaniyat vaziri Atageldi Şamuradov, Tojikiston madaniyat vaziri Shamsiddin Urumbekzoda, Ozarbayjon Madaniyat vaziri Abulfas Karayev, Qirg'iziston madaniyat, fan va turizm vaziri Azamat Jamankulov, Turkiyaning O’zbekistondagi Favquloda va Muxtor Elchisi Mehmet Surayyo Er va mamlakatdagi xorijiy vakolatxonalar raxbarlari ishtirok etdi.

Festivalda dunyoning 78 mamlakatidan 370 dan ortiq hunarmandlar qatnashdi.

Mirziyoyev ochilish marosimidagi nutqida, umumjahon madaniyatining ajralmas qismi bo'lgan hunarmandchilikning dunyodagi har bir xalqning turmush tarzi va qadriyatlarini rivojlantirishda alohida ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlab, insoniyatning ongli hayotida hunarmandchilikning paydo bo'lishi tsivilizatsiya sari tashlangan eng muhim tarixiy qadam ekanligini bildirdi.

Mirziyoyev, Qo'qon shahridagi birinchi xalqaro hunarmandchilik festivalining o’tkazilishini tasodif emasligini ta'kidlab, "Buyuk Ipak yo'li chorrahasida bu qadimiy shahar, "Oltin vodiy" deb nomlangan go'zal Farg'ona vodiysining durdonasidir "dedi.

Mirziyoyev, Qo'qon Jahon hunarmandlari kengashi tomonidan Jahon hunarmandlari shaharlari ro'yxatiga kiritilganligini ta'kidlab, Qo'qon Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi davlatlari orastasida bu ro'yxatga kiritilgan birinchi shahar ekanligini ta'kidladi.

Mirziyoyev, jumladan shunday dedi:-

“O`zbekistonda ilk bor o`tkazilayotgan Xalqaro hunarmandchilik festivali uchun aynan Qo`qon shahri tanlangani albatta, bejiz emas. Buyuk ipak yo`li chorrahasida joylashgan bu qadimiy shahar haqli ravishda “oltin vodiy” deb nom olgan go`zal Farg`ona vodiysining gavharidir.

Ikki ming yillik shonli tarixga, so`lim tabiatga ega, qancha-qancha buyuk voqealarga guvoh bo`lgan Ho`qandi latif milliy davlatchilik, ilmu hunar, san`at va adabiyot ravnaqining yorqin timsolidir.”

Ochilish marosimida Butunjahon hunarmandchilik kengashi prezidenti Rozi Grinlis ham nutq so'zlab, Qo'qon shahrini "Jahon hunarmandlari shahri" ro'yxatiga kiritilgani bilan tabrikladi.

Festivalning ochilish marosimida mamlakatimizning turli mintaqalariga oid turli qo’shiq ve raqslar ijro etildi.

Qo'qon xonligi tarixiy saroyi majmuasida tashkil etilgan tadbirda mahalliy va xorijiy hunarmandlarning qo'l san'atlari namunalari namoyish etildi.

         

 


Tanlangan kalimalar: #So'nggi yangilklar , #Xabarlar , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar