O'zbekistondan xabarlar 39-qism

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov 22-sentabr kuni Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyoning besh mamlakati va Amerika Qo‘shma Shtatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlarining “C5+1” shaklidagi navbatdagi uchrashuvi

1276841
O'zbekistondan xabarlar 39-qism

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov 22-sentabr kuni Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyoning besh mamlakati va Amerika Qo‘shma Shtatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlarining “C5+1” shaklidagi navbatdagi uchrashuvida ishtirok etdi.

Uchrashuvda, shuningdek, Qozog‘iston Qirg‘iziston Tojikiston tashqi ishlar vazirlari Muxtor Tleuberdi, Chingiz Aydarbekov, Sirojidin Muxriddin, Turkmanistonning AQShdagi Elchisi Oraz Meredov va AQSh Davlat kotibi Maykl Pompeo ishtirok etdi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari turli sohalarda ko‘p tomonlama aloqalarni rivojlantirish istiqbollari, hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashdilar.

Tadbir davomida, xususan, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, chegaralarni himoya qilish va chegaralararo aloqalarni rag‘batlantirish, shuningdek, Markaziy Osiyoda savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv ishtirokchilari tomonidan yangi sheriklik muhitini, mintaqaviy barqarorlik va mustahkam iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashda hamkorlikni kuchaytirishga o‘zaro intilish mamnuniyat bilan qayd etildi.

Amerika Qo'shma Shtatlari har bir mamlakatning suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligi, shuningdek, kuchli, farovon va barqaror mintaqani qo‘llab quvvatlashga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi.

Abdulaziz Komilov, o‘z nutqida O'zbekiston “C5+1” doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni ilgari surishda faol tarafdor bo‘lib qolishini aytar ekan, O'zbekistonning infratuzilma, transport, kommunikatsiya, madaniy-gumanitar, ilm-ta’lim sohasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish muhim deb hisoblashini ma'lum qildi.

Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

“C5+1” uchrashuvi doirasida O‘zbekiston Tashqi İshlar Vaziri va AQSh Davlat kotibi o‘rtasida qisqa suhbat bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston-AQSh kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.     

Xitoy kompaniyasi O`zbekistonda birinchi shamol elektr stantsiyasini qurishni boshladi.

Xitoyning Liaoning Leader kompaniyasi Buxoro viloyatining G`ijduvon tumanida loyixa qiymati 1 milliard 800 million dollarlik bo'lgan shamol elektr stantsiyasini qurishga kirishdi.

Bu xaqda Buxoro viloyat xokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Tadbir doirasida  22 sentyabr kuni shamol kuchini o`lchashga mo`ljallangan machtani o`rnatish marosimi bo`lib o`tdi.

Xitoyning Buxoroning G`ijduvon tumanida qayta tiklanadigan energiya manbai – shamol elektr stantsiyasi qurishning birinchi bosqichi – ShESning machtalarini ishga tushirish va shamol tezligini o`lchash marosimi bo`lib o`tdi.

Loyihaning birinchi navbat bosqichida har qaysisiga 35 metr o`lchamdagi uchtadan yirik parrak o`rnatilgan bir necha o`nlab machta-qurilmalar o'rnatiladi.

Birinch bosqichda loyiha quvvati 500 megavatga, loyiha qiymati esa 240 million AQSh dollariga teng dastlabki navbati 2020 yilning kuzida ishga tushiriladi. U, nafaqat  G`ijduvon, balki boshqa qator tumanlarni elektr energiyasi bilan barqaror ta`minlaydi.

Shamol elektr stantsiyasining quvvatini kelajakda 1500 megavattga etkazish rejalashtirilgan. Kelgusida mazkur loyihaga 1 milliard 800 million AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritish rejalashtirilgan.

Ma'lumki, mazkur loyihani amalga oshirish bilan bog'liq memorandum, shu yilning mart oyida Buxoroda bo`lib o`tgan xalqaro investitsiya anjumani doirasida Buxoro viloyat hokimligi va Xitoyning “Liaoning lider” korporatsiyasi prezidenti Chjan Yuylyan o`rtasida imzolangan edi.         

Toshkentda Turkiya-O'zbekiston biznes forumi bo'lib o'tdi.

O'zbekistonning poytaxti Toshkentda Turkiya-O'zbekiston biznes forumi bo'lib o'tdi.

Mustaqil Sanoatchilar va Tadbirkorlar Uyushması -MÜSİAD xamda O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil qilingan O'zbekiston -Turkiya biznes forumida turli sohalarda faoliyat ko'rsatayotgan ko'plab turk va o'zbek tadbirkorlar ishtirok etdi.

Forumda shuningdek O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi prezidenti Adham Ikromov, Mustaqil Sanoatchilar va Tadbirkorlar Uyushması prezidenti Abdurahmon Kaan, Mustaqil Sanoatchilar va Tadbirkorlar Uyushması O'zbekiston vakili Alparslon Uchar va Turkiyaning O'zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Mehmet Surayyo Er qatnashdi.

Forumning ochilishida so'zga chiqqan Kaan, 30 milliondan ortiq aholiga ega O'zbekistonning strategik joylashuvi, boy madaniy qadriyatlari va iqtisodiy salohiyati bilan mintaqaning eng muxim mamlakatlaridan biri ekanligini ta'kidladi.

Turkiyaning O'zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Mehmet Surayyo Er, ikki mamlakat o'rtasidagi o'zaro savdo xajmi 2017 yilda 1,5 milliard dollar, 2018 yilda 1,7 milliard dollarini tashkil etganligini eslatar ekan, bu raqamning 2019 yilda 2,2 milliarddan xam oshishi mumkin ekanligini ma'lum qildi.

Elchi Er jumladan shunday dedi: “İnfratuzilmasini qayta shakllantirgan, ishlab chiqarish mexanizmlarini jadal zomonaviylashtirgan Turkiyadan kelib O'zbekistonda biznes yuritayotgan Turk ishbilarmonlarimiz Turkiyadagi tajribalarini ota yurtimizning xizmatiga taqdim etayapti.

Avvalo qurilish, to'qimachilik, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash, qishloq xo'jaligi asbob-uskunalari, va boshqa ko'plab sohalarda ishlatiladigan ma'qul narxli va Yevropa standartlariga mos Turkiyada ishlab chiqarilgan mashina va uskunalar O'zbekistonlik sarmoyadorlar va ishbilarmon doiralar tomonidan afzal ko'rilmoqda.

Energetika va tog'-kon kab strategik tarmoqlarda Turkiya tajribasini O'zbekistonga olib keladigan malakali kompaniyalar qisqa muddatda bu zaminga katta yutuqlar keltiradi degan fikrdamiz.”

Forumda so'z olgan Alparslon Uchar, Turkiya bilan O'zbekiston o'rtasidagi munosabalat so'nggi yillarda jadal rivojlanib borayotganini aytar ekan, MÜSİAD'ning qisqa davrda O'zbekistonda o'z vakolatxonasini ochish orqali ikki davlat o'rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga hissa qo'shayotganini bildirdi.

O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi prezidenti Adham Ikromov, forumda so'zga chiqib, 33 millionlik aholiga ega bo'lgan O'zbekistonning mintaqadagi eng yirik bozor ekanligini ta'kidlab, O'zbekistonning Turkiyalik ishbilarmonlar uchun barcha zarur imkoniyatlarni taqdim etishga tayyorligini qo'shimcha qildi.

Forum doirasida Turkiyalik ishbilarmonlarga mamlakatdagi ishbilarmonlik va sarmoyaviy muhit va imkoniyatlar hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma'lumot berildi. Biznes-forum doirasida ikki mamlakat ishbilarmonlari o'rtasida ikki tomonlama biznes uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

         

 


Tanlangan kalimalar: #Yig'ilish , #AQSh , #“C5+1” , #Abdulaziz Kamilov

Aloqador xabarlar